Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana05.10.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1692863
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)

Nazorat savollari. 
 
1. Vertikal burchakning qanday turlari mavjud? 
2. Teodolitda vertikal burchak qanday o‘lchanadi? 
3. Nol o‘rni qanday aniqlanadi?


32 
5-LABORATORIYA ISHI 
CHIZIQ O‘LCHASH VA QUROLLARI. 
LENTA VA RULETKA YORDAMIDA CHIZIQ O‘LCHASH. 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: Lenta va ruletka tuzilishini va ular bilan chiziq 
o‘lchashni o‘rganish. 
Joydagi chiziq uzunligini talab etilgan o‘lchash aniqligiga qarab, o‘lchash 
ishlari turli metodlarda amalga oshiriladi. Joydagi chiziq uzunligini o‘lchashda 
quyidagi asosiy vositalardan foydalaniladi: 

po‘lat lentalar; 

metall va charm ruletkalar; 

optik va ipli masofa o‘lchagichlar (dalnomer); 

yorug‘lik va lazerli masofa o‘lchagichlar. 
O‘lchov yoki shtrixli lentalar oddiy chiziqli o‘lchashlarni amalga oshirishda 
juda keng tarqalgan uskunalar hisoblanadi. Amaliyotda 20m uzunlikdagi lentalar 
nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi (5.1-rasm). Komplektga o‘lchov lentasi bilan 
birgalikda 6-11 dona metall shpilkalar ham kiradi. 
5.1-rasm. O‘lchov lentasi 
O‘lchov lentasi kengligi 1,5-2,0 sm va uzunligi 20 m, har ikkala uchida tutqich 
(dastak) bo‘lgan po‘lat tasmadan iborat. Lentada 20 m lik masofaning boshlanishi 
va oxiri shtrix bilan belgilangan. Shtrixlar joyida maxsus teshiklar ochilgan bo‘lib, 
ularga masofalarni bevosita o‘lchash ishlarida shpilkalar o‘rnatiladi. Lenta 
uzunasiga har bir metrda raqamlangan birkalar bilan belgilangan. Raqamlash ishlari 
lentaning bir tomonida to‘g‘ri yo‘nalishda, boshqa tomondan teskari yo‘nalishda 
amalga oshiriladi. Lenta bilan ishlashda, o‘lchashda e’tiborli bo‘lish lozim. Har 


33 
yarim metr (0,5 m) oddiy birkalar bilan belgilangan. Lentadagi har bir 0,1 m 
(detsimetr)da teshik o‘yilgan. 
Shpilka – bir tomondan charxlangan va boshqa tomondan halqa qilingan 
po‘lat sterjen. Shpilkalar bilan o‘lchangan 20 m lik oraliqlar belgilanadi. 
Teodolit yo‘li chiziqlar uzunligini o‘lchashda nuqtalar orasidagi masofalar 
ixtiyoriy bo‘lsa, oxirgi kesmaning uzunligini lenta shpilkasining boshlanishidan 
so‘nggi nuqtagacha metrli birkaning eng yaqin sanog‘i bo‘yicha aniqlanadi, so‘ngra 
lentada belgilangan detsimetrlik oraliqlar sanaladi, so‘nngi detsimetrli oraliq 
(nuqtagacha bo‘lgan) ko‘z bilan taxminan 10 ta bo‘lakka bo‘linadi va 0,01 m 
aniqlikda sanoq olinadi. Lenta bilan chiziqlarni o‘lchash aniqligi 1/2000 ga muvofiq 
bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari masofalarni o‘lchash uchun 10 m, 20 m, 30 m, 50 m 
uzunlikdagi ruletkalardan ham foydalaniladi (5.2-rasm). 

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling