32
5-LABORATORIYA ISHI
CHIZIQ O‘LCHASH VA QUROLLARI.
LENTA VA RULETKA YORDAMIDA CHIZIQ O‘LCHASH.
Mashg‘ulotning maqsadi: Lenta va ruletka tuzilishini
va ular bilan chiziq
o‘lchashni o‘rganish.
Joydagi chiziq uzunligini talab etilgan o‘lchash aniqligiga qarab, o‘lchash
ishlari turli metodlarda amalga oshiriladi. Joydagi chiziq uzunligini o‘lchashda
quyidagi asosiy vositalardan foydalaniladi:
-
po‘lat lentalar;
-
metall va charm ruletkalar;
-
optik va ipli masofa o‘lchagichlar (dalnomer);
-
yorug‘lik va lazerli masofa o‘lchagichlar.
O‘lchov yoki shtrixli lentalar oddiy chiziqli o‘lchashlarni amalga oshirishda
juda keng tarqalgan uskunalar hisoblanadi. Amaliyotda 20m
uzunlikdagi lentalar
nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi (5.1-rasm). Komplektga o‘lchov lentasi bilan
birgalikda 6-11 dona metall shpilkalar ham kiradi.
5.1-rasm. O‘lchov lentasi
O‘lchov lentasi kengligi 1,5-2,0 sm va uzunligi 20 m, har ikkala uchida tutqich
(dastak) bo‘lgan po‘lat tasmadan iborat. Lentada 20 m lik masofaning boshlanishi
va oxiri shtrix bilan belgilangan. Shtrixlar joyida maxsus teshiklar ochilgan bo‘lib,
ularga masofalarni bevosita o‘lchash ishlarida shpilkalar o‘rnatiladi. Lenta
uzunasiga har bir metrda raqamlangan birkalar bilan belgilangan. Raqamlash ishlari
lentaning bir tomonida to‘g‘ri yo‘nalishda, boshqa tomondan teskari yo‘nalishda
amalga oshiriladi.
Lenta bilan ishlashda, o‘lchashda e’tiborli bo‘lish lozim. Har
33
yarim metr (0,5 m) oddiy birkalar bilan belgilangan. Lentadagi har bir 0,1 m
(detsimetr)da teshik o‘yilgan.
Shpilka – bir tomondan charxlangan va boshqa tomondan halqa qilingan
po‘lat sterjen. Shpilkalar bilan o‘lchangan 20 m lik oraliqlar belgilanadi.
Teodolit yo‘li chiziqlar uzunligini o‘lchashda nuqtalar
orasidagi masofalar
ixtiyoriy bo‘lsa, oxirgi kesmaning uzunligini lenta shpilkasining boshlanishidan
so‘nggi nuqtagacha metrli birkaning eng yaqin sanog‘i bo‘yicha aniqlanadi, so‘ngra
lentada belgilangan detsimetrlik
oraliqlar sanaladi, so‘nngi detsimetrli oraliq
(nuqtagacha bo‘lgan) ko‘z bilan taxminan 10 ta bo‘lakka bo‘linadi va 0,01 m
aniqlikda sanoq olinadi. Lenta bilan chiziqlarni o‘lchash aniqligi 1/2000 ga muvofiq
bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari masofalarni o‘lchash uchun 10 m, 20 m, 30 m, 50 m
uzunlikdagi ruletkalardan ham foydalaniladi (5.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: