Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burchakni takrorlash usuli bilan o‘lchash (T30 № 66802)
3.4-rasm.
Asbobni B nuqtaga (3.4-rasm) o‘rnatib, ish holatiga keltirgach, DO‘ holida I vern’erni 0 ga yaqin son (0°03') ga qo‘yib, alidada mahkamlanadi. Limbni aylantirib, chap nuqta C ga qaraladi-da, limb mahkamlanadi. Keyin alidadani bo‘shatib, o‘ng nuqta A ga qaraladi, alidadani mahkamlab, sanoq (74°36') olinadi va jurnalga yoziladi (3.2-jadval). Bu sanoq burchakning taxminiy qiymati bo‘lib, u kontrol sanoq deyiladi. Bunda o‘lchanadigan burchak limb tekisligiga bir marta qo‘yilgan bo‘ladi. Keyin limbni bo‘shatib, chapga aylantiriladi-da C nuqtaga qaraladi va limb mahkamlanadi; alidadani bo‘shatib, o‘ng nuqta A ga qaraladi va alidada mahkamlanadi, lekin sanoq olinmaydi. Bunda burchak limbga ikkinchi marta qo‘yilgan, ya’ni burchak ikki marta o‘lchangan bo‘ladi. Agar burchak uch marta o‘lchanadigan bo‘lsa, yana limbni bo‘shatib, chapga aylantiriladi va C nuqtaga qaraladi, so‘ngra limb mahkamlanadi. Alidada bo‘shatilib, o‘ngga buriladi-da, A 28 nuqtaga qarab, alidada mahkamlanadi va sanoq olinadi. Bunda burchak limbga uch marta qo‘yilgan bo‘ladi. Bu sanoq 223°45' deb faraz qilaylik. Bundan bosh sanoq 0°03' ni ayirib, natija uchga bo‘linsa, burchakning uch marta takrorlash yo‘li bilan birinchi yarim priyomda o‘lchangan qiymati 74°34' topiladi. Xuddi shu tartibda doiraning DCH holatida ham o‘lchanib, ikkinchi yarim priyomdagi qiymati topiladi. Bu natijalar farqi 2t dan oshmasa, bularning arifmetik o‘rta qiymati topiladi va «burchak o‘rtachasi» grafasiga yoziladi (t—sanoq olish aniqligi). 3.2-j a d v a l Burchakni takrorlash usuli bilan o‘lchash (T30 № 66802) Nuqta nomi Takrorl anish soni Gorizontal doira canog‘i n-karrali burchak Burchak qiymati Burchaklar o‘rtachasi turgan qaratilgan 0 I 0 I 0 I 0 I DO‘ C 00 03 B A 74 36 kontrol sanoq C A C — — — — — — A 3 323 45 223 42 74 34 Ko‘ramizki, bu usulda nuqtalarga olti marta qaraldi, lekin burchak ikki sanoq ayirmasi orqali topildi. Agar bosh sanoqni a, oxirgi sanoqni v, takrorlash sonini n desak, o‘lchanadigan burchak qiymati quyidagicha topiladi: п в а − = (3.3) O‘lchanadigan burchak katta bo‘lib, limbning 0 (360°) shtrixi sanoq olishda takrorlansa, 360° takrorlanish soniga ko‘paytirilib (3.3) suratiga qo‘shiladi. 4. Nollarni to‘g‘rilash usuli. Bu usul joy tafsilotini qutbiy usul bilan s’yomka qilishda, o‘lchangan burchaklarni tekshirishda, burilish burchaklarini o‘lchashda qo‘llaniladi. Bu usul bilan burchak o‘lchash uchun sanoq olish moslamasining nol’ shtrixi (vern’er yoki mikroskop) limbning nol’ shtrixiga to‘g‘rilangach, alidada mahkamlanib, limb bo‘shatiladi-da chap nuqtaga qaraladi. Keyin limb mahkamlanib, alidada bo‘shatiladi va o‘ng nuqtaga qarab olingan sanoq o‘lchanadigan burchakning qiymati bo‘ladi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling