Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 1.89 Mb.
bet2/51
Sana23.09.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1686742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
1-Amaliyot 12 soat

3.Amaliy mashg’ulot-2. Kasb kasalliklari va ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni tekshirish, hisobga olish va tahlil qilish ...................................................................12
4.Amaliy mashg’ulot-3. Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun`iy yorug`likni hisoblash usullari …………………………………………………………………..31
5.Amaliy mashg’ulot-4. Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish. ……………………………………………………………..…….40
6.Amaliy mashg’ulot-5.Nafas olish yo’llarini va terini
himoyalash vositalari ………………………………………………………………51
7.Amaliy mashg’ulot-6. FV sodir holatlarda aholiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ……………………………………….....................................................65
8.Foydalanilgan adabiyotlar………........……………………………..….............85


Aytsang - unutaman, ko`rsatsang - eslab qolaman,
o`zim bajarib - anglab etaman.
Konfutsiy

KIRISH

O'tgan XX asr insoniyat taraqqiyotida tub burilish yasadi. Dunyo hamjamiyati munosabatlarning yangi bosqichiga kirib keldi, iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda, yer yuzida iqlim isib bormoqda, sayyoramiz aholisining tezlikda ko'payib borishi kuzatilmoqda. Keyingi vaqtlarda favqulodda vaziyatlar, dunyo miqyosida ko'payib borayotganligi, ko'pgina davlatlarning barqaror rivojlanishiga jiddiy salbiy ta'sir yetkazmoqda. Binobarin, mamlakatimiz hududlari ham turli favqulodda vaziyatlardan xoli emas. O'zbekistonning iqlimi, tabiiy-geografik va geologik sharoiti, ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvi o'ziga xos turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi va tarqalishiga sabab bo'ladi. Shu bois, mazkur hududlarda istiqomat qilayotgan aholi xavfsizligini ta'minlash o'ta dolzarb va muhim jabhalardan biridir.


Hozirgi sharoitda mamlakatimiz aholisini va iqtisodiy ob`yektlarni muhofaza qilishni yuksak darajaga ko'tarish, ularni tabiiy va texnogen xususiyatdagi turli falokatlardan saqlab qolish milliy davlat siyosatinining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa turli favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bunday xavflardan vaqtida ogohlantirish borasida samarali tadbirlar o'tkazish, xavfli vaziyat ro'y bergan taqdirda tezkor harakat qilish va xavfsizlikni ta'minlashni taqozo etadi.
Davlat faoliyatning muvaffaqiyati ko'p jihatdan fan – texnika taraqqiyoti yutuqlari, chuqur ilm talab qilinadigan texnologiyalar qanchalik keng joriy etililishi, kadrlarning kasb tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi. Respublikamizning chuqur iqtisodiy o'zgarish bo'layotgan bir davrda, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi, yuqoridagi fikrni amalga oshirishning dastlabki bosqichi bo'lib xizmat qiladi. Ko'p bosqichli ta'lim tizimiga binoan texnikaviy oliygohlarda tayyorlanadigan bakalavrlar uchun o'quv rejasiga «Hayot faoliyati havfsizligi» Favqulodda vaziyatlar fanining kiritilishi bo'lg`usi mutaxassislarning bilimini chuqurlashtirishiga yordam berishi so'zsizdir. «Hayot faoliyati havfsizligi» Favqulodda vaziyatlar fanining diqqat markaziga qo'yilgan maqsad, bu insonlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Ana shularni inobatga olgan holda "Hayot faoliyati havfsizligi" Favqulodda vaziyatlar fanining amaliyot mashg’ulotlarini sifatli o'tkazish maqsadida ma'zkur uslubiy ko’rsatma yaratildi.
Ushbu amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko`rsatamalar har bir amaliy mashg`ulotning maqsadi, mashg`ulotni o'tkazish uchun kerak bo'ladigan asboblar, jihozlar, ko'rgazmali qurollar, mashg’ulot rejasi va mavzuni mustahakamlashga doir savollar mavjud. Unga rasmlar va jadvallar ilova qilinadi.
Amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko`rsatamalar texnika oliy o`quv yurtlari talabalari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga mo`ljallangan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling