Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Rejali yoki takroriy o’tkaziladigan yo’l-yo’riq


Download 1.89 Mb.
bet7/51
Sana23.09.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1686742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
1-Amaliyot 12 soat

Rejali yoki takroriy o’tkaziladigan yo’l-yo’riq
Ish o’rnidagi rejali yo’l-yo’riqni o’tkazishdan maqsad ish beruvchi (usta, sex boshlig’i) o’z qo’l ostida ishlaydigan ishchilarni, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qoida va me’yorlari bo’yicha bilimlarini mustahkamlash, yangidan o’rnatilgan jihozlar to’g’risida ma’lumot berish, hamda ishchilarni texnika xavfsizligi bo’yicha bilimlarini tekshirishdan iborat.
Bu yo’l-yo’riqni o’tkazish vaqtini korxona rahbari kasaba qo’mitasi raisi bilan kelishgan holda belgilaydi. Yo’l-yo’riqning mazmuni ish joyida birlamchi yo’l-yo’riq mazmuni bilan bir xil. Bu yo’l-yo’riq ham kirish yo’l-yo’rig’i singari ishchilarning ishlash vaqti, malakasidan qat’iy nazar barcha ishchi xizmatchilar bilan o’tkazilishi shart. yo’l-yo’riq bajarilayotgan ishning xavfliyligi va yengil-og’irligiga qarab 3 oy yoki ko’pi bilan olti oyda bir marta takroriy o’tkaziladi. Ushbu yo’l-yo’riqni bo’lim boshlig’i, brigadir o’tkazib, ish o’rnidagi yo’l-yo’riqni ro’yxatga olish daftariga belgilaydi. (3-ilovaga qaralsin).
Rejadan tashqari yo’l-yo’riq: Bu yo’l-yo’riq texnologik jarayonning o’zgarishi: yangi mashina va dastgohlar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o’zgarishi sababli ishchilarning xavfsizligini saqlash uchun bilimlari yetishmasligi sezilganda o’tkaziladi yoki shu korxonaga o’xshash korxonada, buzilish (avariya) sababli baxtsiz hodisa ro’y berganligi haqida xabar berilgandan keyin ham rejadan tashqari yo’l-yo’riq beriladi. Bu yo’l-yo’riqni bo’lim boshlig’i, usta brigadir o’tkazib, ish o’rnidagi yo’l-yo’riqni qayd qilish daftariga belgilaydi (3-ilova)
Joriy yo’l - yo’riq. Korxonalarda ko’pincha yopiq idishlar, quduqlar, handaklar ichida, balandlikda o’ta xavfli hisoblangan qator tuzatish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday ishlarni bajarishdan oldin ishchilarga ruxsat etuvchi maxsus yo’riqnoma yozib berilishi va unda joriy yo’l - yo’riq o’tkazilganligi to’g’risida yozilgan bo’lishi va barcha ehtiyot choralar qayd qilinishi kerak.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling