Navoiy davlat konchilik va


Download 73.13 Kb.
bet5/14
Sana17.02.2023
Hajmi73.13 Kb.
#1207607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejment

Ta’sis xujjatlari
Nizom asosida yoki fakat ta’sis shartnomasi asosida, bir vaktning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish mumkin.
Korxonaning ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa ta’sischilar tomonidan tasdiklanadi.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis xujjati bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy xukukiy shakli, nomi va manzilgoxi, Nizom jamg‘armasining mikdori, daromadlarining tarkibi va taksimlanish tartibi xamda korxona fondlarini tashkil kilish tartibi, korxonani tugatish va kayta tashkil kilish tartibi ko‘rsatilishi shart. Korxona Nizomi uning xukukiy makomini, xukuk va majburiyatlarini belgilab beradi. Korxona to‘g‘ri va to‘lik tayyorlangan Nizom asosida maxalliy xokimiyat idoralarida ro‘yxatga olinadi, keyin o‘z muxriga ega bo‘ladi va boshka xisob rakami ochish xukukini ko‘lga kiritadi. O‘z muxri va xisob rakamiga ega bo‘lmagan korxona xukukiy shaxs xisoblanmaydi va mustakil korxonalar katoriga kirmaydi.
Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil kilinishi va yakka tarzda yoki xamkorlikdagi faoliyatining boshlanishini tavsiflovchi xujjatdir.
Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil kilish tartibi, daromad va xarajatlarni katnashchilar o‘rtasida taksimlash shartlari, ishtirokchilarni korxona tarkibidan chiqarish faoliyat tartibi belgilab ko‘yiladi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muxim kismi xisoblanadi.
"Korxonalar to‘g‘risida"gi konunga asosan kuyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari xisoblanadi:
"ta’sischilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi badallari;
"maxsulot sotishdan va boshka turdagi faoliyatdan olingan daromadlar;
"kimmatbaxo kog‘o‘zlardan olingan daromadlar;
"banklar va boshka kreditorlardan olingan kreditlar;
"byudjetdan olinuvchi mablag‘lar (dotatsiya), kapital ko‘yilmalar;
"korxona, tashkilot va fukarolarning beg‘araz va xayriya badallari, shuningdek,
"almashish, meros va sovg‘a tarikasida olinuvchi mulk;
"konun bilan takiklanmagan boshka manbalar.
Korxona joylashgan manzilgoxi bo‘yicha davlat idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil kilingan xisoblanadi, xujjatlar 10 kun mobaynida Moliya vazirligiga yagona davlat reestriga kiritish uchun takdim etiladi.
Respublikamizda ohirgi yillarda kichik biznes va xususiy korxonalar faoliyatini rivojlantirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga karatilgan qulay xuquqiy muxitni shakllantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlarini imkon kadar soddalashtirish maqsadida kator qonunlar qabul kilindi, mavjudlariga o‘zgartirishlar kiritilib, yanada takomillashtirildi.
Xozirda Respublikamizda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidagi munosabatlarini tartibga soluvchi bir kator qonun xujjatlari mavjud. Jumladan:
" O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (44 - modda).
" O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni (17, 18 - moddalar);
" O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi "Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi qonuni (19, 49 - moddalar);
" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2003 yil 20 avgustdagi 357 - son qarori;
" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 22 martdagi "Xuquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xaqidagi nizomni tasdiklash to‘g‘risida"gi 153 - son qarori;
" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 2 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida"gi 336 - son qarorini aytib o‘tishimiz mumkin.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kuyidagi xujjatlar ro‘yxati qonun bilan kat’iy belgilab ko‘yilgan. Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kuyidagi 7ta xujjat talab etiladi:
" davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza;
" nizom va ta’sis shartnomasining notarial tasdiklangan ikki asl nusxasi, agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan bo‘lsa, u tomonidan va notarial tasdiklangan nizom;
" tuman (shahar) xokimligi vakolatli organ tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvoxnoma;
" muxr va shtamp eskizlari uch nusxada;
" mutaxassislarning har biri tomonidan ta’sis xujjatlarida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida 30 foizi nizom fondiga ko‘shilganligini tasdiqlovchi bankning ma’lumotnomasi.
Tadbirkorlik sub’ektining nizom fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar, boshqa mol-mulklar) yoki intellektual mulk xisobiga shakllantirilgan takdirda bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis xujjatlarida nizom fondini shakllantirish manbalari ko‘rsatilishi muassislar niyatining tasdig‘i xisoblanadi.
Xuquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kuyidagi 5 ta xujjat talab etiladi:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va belgilangan shaklda to‘ldirilgan ro‘yxatga olish kartasi;

  • birlashma nizomi va ta’sis shartnomasini tasdiklash to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayonnomasi;

  • birlashma nizomi va ta’sis shartnomasining notarial tasdiklangan nusxasi;

  • birlashma pochta manzilini tasdiklovchi xujjat;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligini tasdiklovchi bank to‘lov xujjati.




Download 73.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling