Navoiy davlat konchilik va
O’tkazilgan laboratoriya to’g`risida hisobotni to’ldiring
Download 352.99 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoritishga qo‘yiladigan talablar
O’tkazilgan laboratoriya to’g`risida hisobotni to’ldiring.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar. Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarini yoritishda tungi paytlarda tabiiy yorug`lik bo’lmaganligi uchun sun’iy yoritish tizimlaridan foydalaniladi. Ishlatilishiga ko’ra sun’iy yoritish quyidagilarga bo’linadi : 1) ishchi 2) buzulish ro’y berganda ( avariyali ) 3) odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish 4) qo’riqlash uchun mo’ljallangan 5) navbatchi Sun’iy yoritishning qo’yidagi usullari mavjud: 1) umumiy 2) murakkab 3) mahalliy Yoritishga qo‘yiladigan talablar Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur. Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga o’rnatilib, binoning ikki qismi bir tekisda yoki uskunalarni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi. Ishlab chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga ko’shimcha ravishda ish joylarini mahalliy yoritish manbalaridan foydalaniladi. Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun mo’ljallangan yoritish me’yorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi. Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug`lik oqimi o’ta aniqlik talab qiladigan ishni bajarayotgan uskunaga yo’naltiriladi. Murakkab yoritish usuli o’ta aniqlik 1-4 toifa ishlarini bajarishda qo’llaniladi. Sun’iy yoritish manbalari sifatida cho’g`lanuvchi va gaz gazarazryadli chiroqlar ya’ni lyuminessent chiroqlardan foydalaniladi. Cho’g`lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan yorug`lik manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi, qo’shimcha moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda pasayganida ham ishlash qobiliyatini yo’qotmasligi, atrof tabiiy muhit ta’siriga bog`liq emasligidir.Shu bilan birgalikda cho’g`lanuvchi chiroqlar ham ma’lum bir kamchiliklardan xoli emas. Bulardan asosiylari: xizmat ko’rsatish muddatini kamligi ya’ni 1000 soatni tashkil etadi, foydali ish koeffitsiyenti juda ham pastligi umumiy qabul qiladigan energiyani 4% gina ko’rinadigan yorug`lik nurni tashkil etib, qolgani issiqlikka aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut o’tgandan keyin harorat 300-350 °S dan ortib ketadi), chiroqdan tarkalayotgan nurlar tarkibida qizg`ish va sariq nurlarning mavjudligidir. Bu chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM / VT. Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan gazarazryadli chiroqlar cho’g`lanuvchi chiroqlarga nisbatan ma’lum bir ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bo’lib, 50 dan 100 LM / VT gacha, xizmat ko’rsatish muddati 800-1400 soatgacha. Bu chiroqlarga to’ldirilgan inert gazlar, metan bug`lari miqdorini o’zgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin. Ish joyini sifatli yoritish ko’p jihatdan chiroqlarni to’g`ri tanlashda ularni o’rnatish va yorug`lik oqimini yo’naltirishga bog`liq bo’ladi. Chiroqlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: ochiq, muhofazalangan, yopiq, namdan va portlashdan muhofazalangan va hokazolar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG- 200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi. Download 352.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling