Navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti


Download 0.68 Mb.
bet1/12
Sana01.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1239418
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi scratch


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI
kafedrasi


KURS ISHI
Mavzu:Scratch dasturi imkoniyatlari.
Bajardi: 3-“G” guruh talabasi Aktamov. Sh. Sh.
Rahbar: Kat. o‘qit. Xamroyeva D.N

Navoiy 2020-yil


Mundarija:


Kirish. 3
Scratch dastur muhiti bilan tanishish 5
Scratch dasturida kodlar bloki bilan tanishish. 9
Scratch dasturida futbol o‘yinini yaratish. 10
“ Matematik mushukcha “ o‘yinini yaratish. 16
“ Tortni top Jerry ” o ‘yinini yaratish. 24
Xulosa. 27
Foydalangan adabiyotlar. 28
KURS ISHIGA TAQRIZ 29


Kirish.


Bizga ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari salohiyati o‘zaro muomala qilish va axborot ayirboshlashning prinsipial jihatidan yangi shakllari va imkoniyatlarini ochadi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi va iqtisodiy islohotlar va mamlakatlarning demokratik rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib o‘rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiy va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi.
Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jamiyatni axborot jihatidan keng ko‘lamli qayta o‘zgarishning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bilamizki, hozirda butun dunyo aholisi axborot texnologiyalari davrida yashayapti. Ko‘pchilik zamonaviy telefon, kompyuter va gadjetlarsiz hayotini tasavvur qila olmaydi va hattoki, ishni boshlay olmaydi.Ayniqsa kompyuter o‘yinlari haqida gap ketganda nafaqat katta yoshdagi insonlar balki, yosh avlod ham mazkur o‘yin qarshisida ko‘p vaqtini sarflayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ko‘p o‘yin o‘ynash ko‘p vaqtni oladi va o‘qish qobiliyatini pasaytiradi. Lekin bu holatdan ham samarali foydalanish mumkin ekan. Mutaxasislarning fikricha, bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi ko‘plab o‘yinlar mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi va dasturlash bazalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Bilimga chanqoq bolalarni ham maktabda, ham maktabdan tashqari o‘quv kurslarda uchratish quvonarli holat, ayniqsa bu kompyuter o‘yinlari bilan bog‘liq bo‘lsa ishtiyoq yanada oshadi. O‘yin orqali dasturlashni o‘rganayotgan bolalar kodlashtirish bilimlarni to‘liq o‘rganishadi. Buning uchun bularga Scratch vizual dasturlash tizimi yordamga beradi. Shunday ekan bizda savol tug‘iladi, Scratch o‘zi nima?
Scratch bu – Vizual dasturlash tizimi bo‘lib rang-barang bloglardan tashkil topgan. Boshqa dasturlash tilllaridan farqli o‘laroq bolalar hech nima yozishmaydi. Dastur mos kelmaydigan bloglar dastur avtomatika ravishda qabul qilmaydi. Scratch timsoli yoqimtoy malla mushuk, u tahririyatni ochgan barcha foydalanuvchilarni qarshi oladi. Xo‘sh Scaratch necha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan? Scratch dasturi yaratuvchilari dasturni 8 yoshdan 16 yoshgacha bolalarga ishlab chiqishgan. O‘qish va hisoblashni hamda kompyuter sichqonchasini ishlatilatish bilgan 6 dan 7 yoshdagi bolalar dastur yordamida oddiy loyihalarni yarata olishadi. Scratch dasturlash tizimi 150 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llaniladi va u 70 dan ziyod tillarda mavjud.
Scratch faqat o‘yinlarni yaratish uchun emas. Taqdim etilgan vizual vositalar bilan dasturchilar animatsiyalar, matnlar, hikoyalar, musiqa va boshqalarni yaratishi mumkin. O‘quvchilar matematika, tarix va hatto fotografiya mavzularini o‘rganish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dasturlar mavjud. Scratch o‘qituvchilarga qiyin tushunchalarni vizualizatsiya qilishga yordam beradigan animatsiyalar yordamida kontseptual va vizual darslar va ilmiy laboratoriya topshiriqlarini yaratishga imkon beradi. Ijtimoiy fanlar doirasida o‘qituvchilar viktorinalar, o‘yinlar va interfaol elementlar bilan darsliklar yaratishlari mumkin. Scratch dan foydalanish yoshlarga dasturlash mantig‘ini va qanday qilib ijodiy ravishda qurish va hamkorlik qilishni tushunishga imkon beradi.
Scratch 800 dan ortiq maktab va 70 dan ortiq kasb-hunar kollejlari uchun o‘qitiladi.
Oliy o‘quv yurtlarida Scratch Garvard universitetining CS50 kirish informatika kursining birinchi haftasida qo‘llaniladi Taqdiqotlar shuni ko‘rsatdiki scratch dasturini o‘rganuvchilar dastlabki darslardayoq o‘zlarini dasturlarini yarata olishadi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling