Navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti


Scratch dastur muhiti bilan tanishish


Download 0.68 Mb.
bet2/12
Sana01.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1239418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi scratch

Scratch dastur muhiti bilan tanishish


Scratch dasturi 2 xil: onlayn hamda offlayn holatda ishlaydi. Maktab kompyuter sinf xonalarida internet cheklanganligini hisobga olsak, offlayn holatda ishlaydiganidan foydalanish qulayroq.
Dasturni o‘natish uchun uning o‘rnatuvchi fayli bo‘lishi kerak. O‘rnatuvchi faylni https://scratch.mit.edu/download elektron manzildan yuklab olishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tomoni o‘zbek tilida ham foydalansa bo‘ladi. O‘rnatish uchun avval Adobe AIR platformasi o‘rnatiladi, keyin Scratch dasturi o‘rnatiladi.
Scratch dasturi interfeysi uchta asosiy qismdan iborat: sahna maydoni,bloklar palitrasi va bloklar ishlaydigan skriptlarga joylashtirish va tartibga solish uchun kodlash maydoni. Foydalanuvchilar shuningdek o‘zlarining kod bloklarini yaratishlari mumkin va ular "Mening bloklarim" (My blogs) da paydo bo‘ladi. Scratch dasturining ish oynasi quyidagicha.



1-rasm.

  1. Sahna – Spraytlarni sahnaga joylashtirish bo‘limi.

  2. Spraytlar ro‘yhati – Sprayt ob’yektlarini hammasini ko‘rsatadi. Spraytni chertish orqali tanladi va sprayt haqida ma’lumot olish ham mukin.

  3. Sahnalar turlari – Bu bo‘limda sahna ko‘rinishlarini tanlashimiz, o‘zgartirishimiz yoki mustaqil ravish yaratish ham mumkin.

  4. Spraytlarni tahrirlash – Bu yerda mavjud bo‘lgan spraytlardan tanlashimiz yoki mustaqil ravishda sprayt yaratishimiz mumkin.

  5. Menyular satri – Menyular satrida dastur tilini o‘zgartirishimiz, yangi oyna ochishimiz, saqlashimiz, tahrirlashimiz, maslahat olishimiz va dastur haqida ma’lumot olishimiz mumkin.

  6. O byekni boshlash/to‘xtatish – Bu bo‘limda berilganlardan bayroqcha bolsilsa tayyorlangan ob’yekt boshlanadi( ). Yoki obyektlarni ishlash jarayonini to‘xtatishimiz mumkin( ).

  7. Bloglar paletrasi - Spraytlar va orqa fon sahnalarini boshqarish kod bloglari.

  8. Scriptlar – Spraytlar va orqa fon sahnalarini biror hodisa bajarishini kiritish.

  9. Spraytlar, kostyumlar, tovushlar – Ob’ektlarga kod yozishda, har xil tovushlar qo‘shishda va ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘limi.

  10. Nusxa olish, qirqish, kattalashtirish va kichiklashtirish – Spraytdan nusxa olish, qirqib olish, kattalashtirish va kichiklashtirish kabi buyruqlarni bajarish bo‘limi.

  11. Scriptlar maydoni – Spraytlarga va orqa fonga scriptlarni joylashtirish bo‘limi.

  12. Zoom – Scriptlar maydonini kattalashtirish yoki kichiklashtirish bo‘limi.

Yuqoridagi bo‘limlardan bo‘lgan kostyumlar (custumes) bo‘limi ko‘rinishi quyidagicha :



2-rasm.

  1. Yangi kostyum – Bu yerda dasturning bazasida mavjud bo‘lgan yangi kostyumlarni tanlashingiz mumkin, shu bilan bir o‘zingiz yaratgan kostyumni ham import qilishingiz mumkin.

  2. Kostyumlar ro‘yhati ­‑ Bu yerda bizga kerak bo‘ladigan kostyumlar ro‘yhati joylashgan bo‘ladi.

  3. Holat maydoni – Spraytda bo‘ladigan o‘zgarishlar namayon bo‘ladi.

  4. Kostyum nomi – Kostyumlar ro‘yhati bo‘limidagi spraytlarga nom beriladi va keyinchlik tuziladigan dasturda shu nomga murojaat qilinadi.

  5. Aylanish bo‘limi – Spraytlarni o‘z o‘qi bo‘ylab o‘ng yoki chap tomonga aylantirish uchun qo‘llaniladi.

  6. Sozlamalar – Rasmni tahrirlab sozlash bo‘limi. Bu yerda chiziqlar chizish, shakllar chizish, rang berish va boshqa amallarni bajarish mumkin.

  7. Tozalash, qo‘shish, import qilish – Bu yerda kostyum bo‘limini tozalab dastlabki holatga qaytarish, kutubxonasida mavjud bo‘lgan rasmni qo‘shish va kompyuter xotirasida mavjud bo‘lgan rasmni joylashtirish mumkin.

  8. Burilish bo‘limi – Spraytlarni o‘ng va chapga yoki pastga va yuqoriga burish uchun qo‘llanildi.

  9. Zoom bo‘limi – Bu yerda spraytlarni kattalashtirish yoki aksincha kichiklashtirishungiz mumkin.

  10. Bitmap/vector formasi – Grafik muharriri ikkita formali – bitmap va vector. Vektor formasida muharrir sizga ularni yaratganingizdan keyin shakllarni tahrir qilishga ruxsat beradi va chunki, kostyumlar va orqa fonlarni kattalashtirgangizda yorqinroq aks etadi. Bitmap formasida yaratilgan yangi chizilgan kostyumlarning ko‘rinishini yoki shakli o‘zgartira olmaysiz.

  11. Ranglar paletrasi – Rangni tanlash uchun paletradan foydalanish.

  12. Chiziq o‘lchami – Chizishda foydalaniladigan chiziq o‘lchamini o‘zgartirish uchun yurgich siljitiladi.

Scratch dastur yaratilgan har xil o‘yin va dasturlarga turli xil tovushlarni joylashtirishingiz mumkin. Buning Sounds(tovushlar) bandiga kiriladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi.



3-rasm.

  1. Y angi tovush - - bu piktogramma orqali dastur kutubxonasi mavjud bo‘lgan tovushlarniyuklab olishingiz mumkin, - bu piktogramma orqali tovushlarni mikrofon orqali yozib olib yuklashingiz mumkin, - bu piktogramma orqali esa tovushlarni kompyuter xotirasida mavjud bo‘lganlarni yuklab olishingiz mumkin.

  2. Tovushlar ro‘yhati – tovushlar/davrlarga tovushlarni tahrirlab joylashtiriladi va bir marta chertish orqali jarayon ko‘rish mumkin.

  3. Tovush nomi – Tovush nomini o‘zgartirish mumkin, qidiriliyatgan shu nom bilan qidiriladi.

  4. Oldinga va orqaga qaytarish – Biz amallar ustida bajargan vazifalarimizni oldingi holatiga qaytarishmiz yoki oxirga vaziyatga qaytib kelish amallarini bajarish mumkin.

  5. Mikrofon darajasi – Bu bo‘limda mikrofonni ovoz yozish darajasini ko‘tarish.

  6. Qayta boshlash boshqaruvlari – Tovushlarni eshitish yoki yangi tovushni yozishda.

  7. Tahrirlash – Boshqa tovushlarni qirqib olish, kesib olish va joylashtirish uchun ishlatiladi.

  8. Effektlar – Tovushlar har xil effektlar qo‘shish.

  9. Tovush to‘lqini – Bu yerda sizga yoqadigan to‘lqinga sozlashingiz mumkin, buning uchun sichqoncha yordamida ixtiyoriy qism belgilab olinadi va tahrirlash orqali boshqa joyga o‘tkazish yoki o‘chirb tashlash mumkin.

Scratch dasturida kodlar bloki bilan tanishish.


Scratch dasturida biz albatta biror-bir dastur yoki o‘yinlarni tayyorlash uchun scriptlar bandidan foydalanamiz. Bu banda bir nechta har xil vazifani bajaruvchi bo‘limlardan tashkil topgan. Bu bo‘limlar haqida quyida jadval orqali bilib olishingiz mumkin.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling