Tadqiqotning amaliy ahamiyat mezoni – ushbu mezon tadqiqotning amaliy ahamiyatini belgilab, olingan natijalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonga, o’qitish metodikasiga, uni tashkil qilishga, faoliyatning har xil turlariga, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ko’rsatgan ta’siri bilan tavsiflanadi. Boshqacha aytganda, ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish natijasida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati ko’rsatkichlari quyidagilar: ● tadqiqot natijalari bilan qiziqqan foydalanuvchilar soni va hajmi; ● tadqiqot materiallari tavsiya qilingan o’quv yurtlari soni va ko’lami; ● joriy qilinish ko’lami. Olingan natijalarning qo’llanish sohasiga qarab, tadqiqotning amaliy ahamiyatini quyidagi uch darajaga bo’lish mumkin: ♦ xususiy metodik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga o’qitish metodikasi, tarbilash va rivojlantirishga taalluqli xususiy masalarni hal qilishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar ega bo’ladi. ♦ umummetodik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga, o’qitish va tarbiyalashga tegishli muhim umumiy masalalarni hal qilishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar ega bo’ladi. ♦ umumdidaktik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga, didaktika yoki tarbiya nazariyasiga tegishli, ko’plab o’quv predmetlariga taalluqli tadqiqotlar ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |