Tadqiqotning nazariy ahamiyati mezoni – tadqiqot natijalarini pedagogika va ta’lim sohasidagi nazariy tasavvurlar, konsepsiyalar, g’oyalar, farazlarning o’qitish va tarbiyalash metodlariga ta’sirini ko’rsatadi. U dolzarbdik mezonidan farqli, tadqiqot natijasini tavsiflaydi va ish yakunlangandan so’ng aniqlanadi. Tadqiqotning nazariy ahamiyatini nazariyaga ta’sirini kengligi va darajasi bo’yicha uchga bo’lish mumkin: Umumpedagogik – darajaga ega bo’lgan tadqiqotlarning natijalari pedagogikaning barcha sohalariga tegishli bo’lib, uning alohida bo’limlarini ham qamrab oladi va pedagogikaning umumiy metodologik g’oyalarini shakllantiradi. Predmetlar darajasidagi ahamiyati – natijalari alohida pedagogika sohalarini : didaktika, tarbiya nazariyasi, xususiy metodika, pedagogika tarixi va boshq. rivojlantirishga qo’shgan hissasini ifodalaydi hamda tadqiqotni tavsiflaydi. Ushbu sohaning asosiy tushuncha va kategoriyalarini, ularning asosiy g’oyalarini ochib beradi(YU.K.Babanskiy, M.N.Skatkin, N.M.SHaxmayev,A.V.Usova va boshq.). Xususiy muammolilik – darajasi, tadqiqot natijalarini pedagogikaning alohida xususiy masalalariga tegishli nazariy tasavvurlarni o’zgartirishni tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |