Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o


JISMONIY TARBIYA FANIGA QO‘YILGAN TALABLAR


Download 70.39 Kb.
bet7/9
Sana20.10.2023
Hajmi70.39 Kb.
#1713924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
курс иши 2 чи Бобомуродов

5.JISMONIY TARBIYA FANIGA QO‘YILGAN TALABLAR

0‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar. Jismoniy tarbiya darsining sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchilar harakat faolligini oshirish uchun o‘qituvchi muntazam tayyorgarlik ko‘rib borishi shart. 0‘quvchilaming yosh xususiyatlarini e’tiborga olib: — darsning turi, xarakteri, vazifalarini to‘g‘ri aniqlashi; mm dars qismining vaqti va bajariladigan mashg‘ulotlarni to‘g‘ri belgilashda (bunda darsning asosiy qismida bajariladigan mashg‘ulotlardan kelib chiqqan holda tayyorlov qismi tuzilishiga) katta e’tibor qaratishi; 9 — dars samaradorligini oshirishda turli metodlarni tanlay olish va qo‘llashi; — darsda zarur bo‘lgan sport asbob-anjomlari holati ham e’tiborga olinishi; — o‘quvchilarni tekshirish va bilimlarini baholash; — uy vazifalarini berish; — o‘tilishi kerak bo‘lgan dars uchun avvaldan konspekt yozib borishi; — dars jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan mashqlarni ko‘rsatib bera olishi; 0‘quv-tarbiya jarayonida asosiy bo‘lgan vazifalar har bir darsda shug‘ullanuvchilarga ta’limiÿ, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish ta’sirini ko‘rsatishi lozim.


0‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar. Jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos mazmuni, bu - pedagogik tizimda tashkil qilingan, shaxsni har tomonlama tarbiyalashda asosiy omillami egallash mazmuni, aqliy-ma’naviy, axloqiy, estetik va mehnat ta’limi bilan uzviy ravishda bog‘langan. 0 ‘sib, rivojlanib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlanishi, sog‘lomlashtirish, ilm olish, ma’rifiy-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda bir-biriga bog‘liq holda amalga oshirib boriladi.



Bilimni oshiradigan vazifalarning maqsadi o‘quvchilarni o‘zlarining harakat, ko‘nikma va malakalarini boshqarishlarini bir tizimda o‘zlashtirish uchun samarali va foydali usullardan bo‘lib, hayotda zarur bo‘lgan bilim tarmoqlarini egallashni ko'zda tutadi. Sog‘lomlashtirish vazifalari o‘quvchilarning salomatliklarini mustahkamlashga, organizm funksiyasini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy qobiliyatni, asosiy harakat sifatlari va ish qobiliyatini oshirish vositalari hamda shakllar tizimi orqali amalga oshiriladi. Ta’limiy vazifalar o‘quvchilaming o‘z harakatlarini boshqarish (koordinatsiya)ning samarali usullarini tizimli o‘zlashtirish, hayotda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalari bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarini shunday yo‘l bilan egallashni nazarda tutadi. Tarbiyaviy vazifalar o‘quvchilarni tarbiyalashda jismonan barkamol, o‘zlikni anglash, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-avaylash, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdir. Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalarini samarali amalga oshirishda jismoniy tarbiyaning ko‘p qirrali va o‘zaro aloqador tizimidan foydalanish yo‘li bilan ketma-ketlikda hal qilish mumkin. Jismoniy mashqlar majmuasi tadbirlari kiritilgan barcha maktab harakat rejimi va kuni uzaytirilgan vaqtlardan tashkil topgan.


Unga ertalabki badantarbiya, jismoniy pauzalar (jismoniy daqiqalar) katta tanaffusdagi o‘yinlar, jismoniy tarbiya darslari, sinfdan tashqari jismoniy sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport va to‘garak ishlari kiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan sport tadbirlari: turli xil bayramlarga bag‘ishlangan sport musobaqalar, uchrashuvlar, festivallar, viktorinalar va boshqalar. Mashg‘ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang‘ich (1-4) sinf o‘quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o'quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi maqsadga muvofiqdir.
Belgilangan soatlar hajmi o‘quvchilarning ko‘rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada bo‘lishi majburiydir. Sog‘lig‘ida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus (individual-differensial) rejim o‘matiladi. Jismoniy tarbiya tizimining yuqori samaradorligi va sifatli amaliy foyda berishini ta’minlashda o‘quvchilar harakat faoliyatini tashkil qilish hamda o‘qitishning ilg‘or usullari orqali jismoniy tarbiya darslari amalga oshiriladi. Bunday o‘quvchilar bilan jismoniy tarbiya darslarida mashg‘ulotlar asosan yengil mashqlarni bajarish orqli olib boriladi. Mashqlarni bajarishda jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri belgilash lozim.



Download 70.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling