Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o
JISMONIY TARBIYA BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Download 70.39 Kb.
|
курс иши 2 чи Бобомуродов
6.JISMONIY TARBIYA BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Insonning morfologik tuzilishi (anatomiya) va undagi biologik, fiziologik hamda psixologik jarayonlarning kechishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilaming tanasidagi har bir ichki va tashqi a’zolarning o‘z faoliyati (funksiyasi) mavjud. Bu faoliyatni bosh miya orqali yurak, qon tomirlari, asab tolalari, nafas olish va chiqarish yo‘llari va boshqa a’zolar ishida ko'rish mumkin. Bu jarayonlar o‘qituvchilarga anatomiya, fiziologiya, biologiya, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardan ma’lum. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan aytish mumkinki, inson tanasidagi barcha fimksiyalar, hatto uxlash, uyg‘onish, harakat-mehnat qilish, ovqatlanish, hayotdan huzurlanishda biologik va fiziologik jarayonlar tabiiy ravishda amalga oshadi. Ularni bosh miyadagi markazlar boshqaradi, xotira, tafakkur va ongning ustuvorligi tufayli barcha faoliyatlar yuzaga chiqadi. Inson nimalar bilan oziqlanmasin yoki suyuqliklarni (suv, shirinlik, spirtli ichimliklar va h.k.) iste’mol qilmasin, uning qonida rang o'zgarmaydi, ya’ni qizillik yo‘qolmaydi. Buning asosiy siri qondagi oq va qizil tanachalar o‘rtasidagi kurashlar (reaksiya) doimiyligini ta’minlaydi. Tananing asosiy tirikligi va issiqlik quvvatini (harorat) ta’minlovchi birdan-bir omil qon hisoblanadi. Qonda salbiy o‘zgarishlar yuz bersa, tananing harorati odatdagidan (36,6°) baland ko'tarilishi turli kasalliklarning alomati boiib, qon bosimi pasayishi yoki ko‘tarilishi mumkin. Bunda ko‘proq kimyoviy jarayonlar yuzaga kelishi mumkin. Ularning oldini olish, kasalliklarga yo‘l qo'ymaslik uchun qon bosimini (normal 70/120) vaqti-vaqti bilan tekshirib borish, doimiy kuzatish zarur. Bu yo'lda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mehnat, faol harakatlarning fiziologik ta’sirlari, ya’ni yurish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, suvda suzish va umuman, barcha sport turlari bilan shug‘ullanish yuqori darajada faol harakat qilishga olib keladi. Bu esa, mushaklar, bo‘g‘inlar, umurtqa pog‘onalari harakatini tezlashtiradi. Shu asosda nafas olish va chiqarish tezlashib, chuqurlashib boradi. Bu jarayonlar yurak urishi va tomirlarda qon aylanishini tezlashtirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Natijada oshqozon, ichak, buyrak va boshqa a’zolarning ish qobiliyati oshadi. Shu sababdan qon to‘qima va hujayralarga tez yetib boradi va ularni oziqlantirish bilan bir qatorda issiqlik quvvatini (harorat) beradi. Keyinchalik harorat ortsa, hujayra va to‘qimalardagi ortiqcha suv, tuz va boshqa keraksiz moddalar tez yuzaga chiqadi. Bunday kimyoviy, biologik va fiziologik hodisalar jismoniy tarbiyaning ijobiy ta’siri deb ta’riflanadi. Ta’kidlash lozimki, o'quvchilarning tanadagi kimyoviy, biologik, fiziologik o‘zgarishlami tegishli fanlar bilan bog‘liq holda bilib borishlari maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanib, organizmda modda almashish, tana a’zolarini kuchsiz, o‘rta va kuchli (sekin, o‘rta va tez) haroratlarga keltirish yo‘li bilan ularning bir zaylda yaxshi ishlashiga, chiniqishiga erishish mumkin. Bu, asosan, bo‘yin, yelka, qo‘llar, oyoqlar, gavdadagi bo‘g‘inlar hamda umurtqa pog‘onalarining elastikligi, burilish, egilish, tortilish va h.k. harakatlar yengil bo‘lishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sog‘lom, tetik, chaqqon, yengil bo‘ladilar va ishda tez toliqib qolmaydilar. Inson tanasini jismonan rivojlantirish uchun to‘g‘ri va meyorida ovqatlanish, dam olishni ta’minlash, o‘z vaqtida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanib borishi lozim. XULOSA Demak, jismoniy tarbiya - pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish ham aks etadi. Maktabning yangi o’quv yili uchun jismoniy tarbiya va sport bo’yicha umumiy ish rejasi o’quv yili tugashi arafasida ishlab chinqiladi. Yozgi ta’til paytida maktabning ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq, yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Download 70.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling