Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti «informatika» kafedrasi


Download 138.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi138.46 Kb.
#1495744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Eshquvatova Nilufar kurs ishi 4

hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi. 
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z 
navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos 
xususiyatlari qo’yidagilardan iborat. 



Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet 
TAFAKKUR
• borliqni umumlashgan obrazlarda 
ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur 
predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni 
ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga 
qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra 
o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga 
ajratamiz
TAFAKKUR
• borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi 
organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida 
bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida 
bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali 
bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo 
sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan 
yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi 
bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng 
qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, 
xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi
TAFAKKUR
• til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har 
qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy 
ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi 
va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
TAFAKKUR
• voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini 
butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, 
mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson 
voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda 
ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda 
muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida 
ham ifodalaydi.



va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni 
umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi. 
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida 
qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va 
shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat 
va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda 
bo’ladi. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi. 
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” 
tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. 
Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga 
o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. 
Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri 
qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. 
Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. 
Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir. 
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. 
Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi 
mavzularda alohida to’xtab o’tiladi. 
Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat 
qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan 
xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga 
bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat 
tomonidan berilmasa u qanday egallanadi? 
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya 
jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida 
ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz 
mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri 
usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi 
mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi. 



Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon 
beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy 
vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va 
asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri 
o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi 
xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish 
jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. 
Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng
foydalaniladi.
Hozirgi paytda mantiqning formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq kabi 
yoʻnalishlari bor.
Formal mantiq tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan 
chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida 
muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi.
Dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib 
oʻrganadi.
Matematik mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi 
zamon matematikasining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada 
abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. XX asrda noanʼanaviy mantiqning 
Mantiq
Formal
Matemati
k
Dialektik


10 
turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting , 
Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning n qiymatli mantiqiy sistemasi 
va shahrik.), konstruktiv mantiqlar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal 
mantiq kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi. 
Oʻzbekistonda mantiq masalalari bilan dastlab mantiq Mantiq Xayrullayev, E. Yu. 
Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, mantiq Sharipov, O. 
Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa mantiqga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi. 

Download 138.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling