Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti «informatika» kafedrasi


MANTIQ TUSHUNCHASI HAQIDA MA’LUMOT


Download 138.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi138.46 Kb.
#1495744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Eshquvatova Nilufar kurs ishi 4

MANTIQ TUSHUNCHASI HAQIDA MA’LUMOT 
Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. 
Mantiq masalalari dastlab Paremid, Eleylik Zeno, Geraklit ta’limotida u yoki bu 
darajada ko’rib chiqilgan.
Mantiqqa oid fikrlar, tafakkur shakllari va usullari to’g’risidagi dastlabki ta’limotlarni 
qadimgi Sharq mamlakatlari, xususan, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan bo’lsada, 
qadimda mantiq falsafaning tarkibida bo’lgn mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq 
atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha 
“logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, 
“nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida milloddan avvalgi IV asrda 
Aristotel asos solgan. 
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. 
Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, 
“voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. 
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.



Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos 
solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro 
aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va 
mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi. 
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish 
ob'ektini tafakkur tashkil etadi. 
Uchinchidan
mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan 
bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga ko’ra an'anaviy mantiq (Aristotel 
mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan 
foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik 
mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq 
metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan 
farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ikkinchidan
mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar 
sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki 
ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson 
tafakkurida in'ikos etadi.
Birinchidan
bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. 
Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan 
moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat
aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.



1-rasm 
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy 
organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi 
mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali 
sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks 
ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi 
natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan
predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida 
hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir. 
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida b ilim 
olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni 
umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, 
tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, 

Download 138.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling