Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet71/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

XULOSA VA TAVSIYALAR

Kartoshka o‘simligi Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. Buning isboti sifatida kartoshkaning dastlabki turlari haligacha o‘sha yerlarda o‘sayotganini ko‘rsatish mumkin. Amerikadan so‘ng kartoshka Yevropa davlatlariga kirib bordi. Undan esa Rossiya orqali Osiyoga keldi. Hozirda dunyo bo‘ylab kartoshkaning turli navlari ekiladi. O‘simlikning bu qadar keng tarqalganligi uning ahamiyatidan kelib chiqadi. Kartoshka avvalo oziq-ovqat ekini hisoblanib, iste’mol qilinishi bo‘yicha donli ekinlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Chorva mollari uchun ham to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Texnik jihatdan tugunagi katta ahamiyatga ega. Shu sababdan kartoshka ekish mamlakatimizda ham keng tarqalgan. Kartoshka yetishtirish uchun avvalo uning botanik tuzilishini bilish lozim. Kartoshka ituzumdoshlar oilasiga mansub ikki yillik o‘simlik. Tugunagi va urug‘i orqali ekiladi. Kartoshkaning poyasi tik, gullari shoxlari ucida bo‘ladi. Uning ko‘plab navlari seleksionerlar tomonidan yaratilgan. Ularni o‘z navbatida ertaki, o‘rtapishar va kechki navlarga bo‘lish mumkin. Mamlakatimizda zarafshon, marfona, qizil sharf kabi navlar keng tarqalgan. O‘z navbatida bu o‘simlikka ham zarar yetkazuvchi kasalliklar mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani kolorado qo‘ng‘izidir. Keyingi yillarda kartoshka zararkunandalariga qarshi bir qancha samarali usullar ishlab chiqildi. Kartoshka o‘simligi chuqur o‘rganilib, yuqori hosil olish uchun yaratilishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar aniqlandi. O‘simlikning yorug‘lik, tuproq, harorat, namlikka bo‘lgan talablarini bilish orqali hosil miqdorini oshirish mumkin.

Kartoshka yorug‘lik va namlikka talabchan. Bu ma’lumotlarni hisobga olgan holda kartoshkani ochiq maydonda yetishtirish texnologiyasini rivojlantirishga yordam beradi. Ochiq maydonda kartoshka ekish uchun bir qancha tayyorgarlik ishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, eng yaxshi ekish materiallari tanlanadi. Buning uchun sog‘lom butalardan olingan 70-100 g og‘irlikdagi ildizmevalar ajratib olinadi. Ildizda 1-1,5 sm li kurtaklar bo‘lishi kerak. Ekish uchun tuproqning optimal darajasi 5-5,5 ga teng bo‘lishi kerak. Lekin kartoshka kislotali tuproqda ham o‘sishi mumkin. Tuproq qatlamlarini burish, o‘tlardan tozalash va va har bir m2 ga 3 kg chirindi va 100 g o‘t kul qo‘shib, uni 30 sm chuqurlikda qazish kerak. Kartoshka nam tuproqqa ekiladi. Jo‘yakda teshiklar yoki tugunlar orasidagi masofa taxminan 35 sm, qatorlar orasidagi masofa - kamida 70 sm bo‘lishi kerak. Shunda yerni tepalikka olish uchun joy bo‘ladi. Kartoshkani yetishtirish - uni sug‘orish, o‘tdan tozalash, parvarish qilish, uni zararkunandalardan tozalash va qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Kartoshka tomirlanmasidan oldin sug‘orilmaydi, lekin tomirlanma bosqichining boshidan boshlab tuproq har doim nam holda turishi kerak. Kartoshka yig‘ib olinishining asosiy belgisi sarg‘ayishi va tepalarining qurishidir. Bu odatda ekishdan 70-100 kun o‘tgach sodir bo‘ladi. Kartoshkani qorong‘i, quruq va salqin podvalda yaxshi shamollatiladigan, sovuq va yomg‘irdan yaxshi himoyalangan joyda saqlash yaxshidir.

Kartoshka ekishning bir qancha zamonaviy va samarador usullari mavjud. Bular somon orasida, qopda, bochkada yetishtirish usullaridir. Undan tashqari in-vitro-labaratoriya sharoitida va aeroponika-havo mihitida ekin yetishtirish usullari yordamida misli ko‘rilmagan natijalarga erishilmoqda. Bu texnologiyalar yordamida serhosil, zararkunandalardan xoli, mazali kartoshka navlari yetishtirilmoqda. Bu usullarning yana bir afzalligi shundaki, ularda kartoshka uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish insonga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan shunday zamonda ekin yetishtirishning ham zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu an’anaviy usullardan voz kechish kerak degani emas, albatta. Zero, har qanday yangi texnologiya eskisi asosida yaratiladi. Qolaversa an’anaviy va zamonaviy usullardan birgalikda foydalanilganda, natija yanada samarali bo‘ladi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling