Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Aeroponika va in-vitro usulida kartoshka yetishtirish texnologiyasi


Download 116.62 Kb.
bet69/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

2.4 Aeroponika va in-vitro usulida kartoshka yetishtirish texnologiyasi

Keyingi paytlarda mamlakatimizda ham kartoshka yetishtirishning ajoyib usullari yaratilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Jumladan, Prezidentimizning Namanganga tashrifi chog‘ida guvoh bo‘lgan aeroponika – tuproqsiz ochiq havoda kartoshka yetishtirish texnologiyasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.



Bunda o‘simlik ildizlari tuproqda emas, balki havoda osilib turadi. Ularga oziq moddalar aerozol sifatida purkaladi. Mazkur usul suv va elektr energiyasini tejash, shuningdek, o‘simlikning sog‘lomligini nazoratda ushlab turish imkonini ham beradi.

Aslida zamonaviy usulda kartoshka urug‘i olish mini tugunaklar yetishtirishdan boshlab, uzoq davom etuvchi va ancha mehnat talab qiladigan jarayon. Dastlab, steril laboratoriyalarda sog‘lom va genetik toza o‘simlik tanlanadi. Keyin u torf balchiq yoki boshqa qattiqroq asosga ekiladi. Aeroponika tizimi uning o‘rnini bemalol bosa oladi. Sababi, unga qattiqroq asos yoki biror ko‘rinishdagi balchiqning keragi yo‘q.

O‘simlik, masalan, kartoshka ildizlari qorong‘i kamerada havoda osilib turadi. Ularga esa, o‘sishi, rivojlanishi uchun oziq moddali aralashma ma’lum vaqt oralig‘ida avtomatik tarzda purkab turiladi. Vaqt o‘tishi bilan kartoshka ildizlarida tugunaklar hosil bo‘ladi. Ammo o‘simlikning poya qismi aeropon kamera tashqarisida, yorug‘likda bo‘ladi. Yoritish intensivligi ham avtomatik tarzda boshqariladi.

An’anaviy usulda urug‘lik yetishtirishda bir tup o‘simlik uch-to‘rt oy davomida 4-8 ta kichik tugunaklar berishi mumkin. Hosil bir martada terib olinadi. Yangicha usulda har bir tupidan 100 tagacha mini tugunak olsa bo‘ladi. Ammo bunda birdaniga barcha tugunaklar terib olinmaydi, balki kerakli kattalikdagilari terib olinadi maydalari qoldiriladi. Bu ildizga yana qo‘shimcha tugunaklar hosil qilishga imkon beradi.

Aeroponika usulida yetishtirilgan mayda tugunaklar dalada o‘zini an’anaviy usulda yetishtirilgani kabi natija ko‘rsatadi. Hatto, tugunakdagi tomir otuvchi ko‘zchalar ham ko‘proq bo‘ladi.

Yurtimizda ilk bor ana shunday aeroponika usulida kartoshka urug‘i olishga qo‘l urildi. Namangan viloyatining Chust tumanidagi «Baraka meva sanoat servis» MChJda zamonaviy aeroponika usulida boshlang‘ich urug‘lik kartoshka yetishtirilmoqda.

Aeroponika usulida yetishtirilgan urug‘likning kasalliklarga chidamliligi juda yaxshi. Urug‘lik terilayotganda kartoshka ildizlariga quyosh nuri tushadigan qilib, bir-ikki kunga ochib qo‘yilsa, kasalliklarga chidamliligi yanada ortadi. Sababi, ildiz quyosh nuridan o‘ziga kerakli moddalarni yig‘ib oladi. Bu esa, o‘simliklarning kasallikka chidamliligini oshiradi. Xullas, 2 gektar maydondan 40 tonna sifatli, kartoshkaning turli kasalliklardan xoli super elita avlodini olish mumkin. Uni kelasi yili 10 gektar maydonga eksa bo‘ladi. Aslida shu paytga qadar ana shu 10 gektardan chiqadigan urug‘lik hosili xorijdan keltirilardi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling