Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Qopda kartoshka yetishtirish


Download 116.62 Kb.
bet68/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Qopda kartoshka yetishtirish.

Qadimdan ma’lum bo‘lgan bu usulni hozirda hamma ham bilavermaydi. Bu usul ekin maydoni hajmini qisqartiradi va yaxshigina hosil olish imkonini beradi. Usul juda oddiy. Bunda istalgan qop (polietilendan tortib, un yoki shaker qopi) to‘g‘ri keladi.


Ekish. Dastlab, qop ichiga solinadigan tuproq oldindan tayyorlab olinadi. Qopga tugunak ekish uchun teng miqdordagi chirindi va tuproq aralashmasidan ozroq solinadi. Masalan, 10 chelak tuproq-chirindi aralashmasi sig‘adigan qopga boshlanishida 2 chelak solinadi. Keyin oldindan undirilgan kartoshka tugunagi ko‘miladi. Bunda qop og‘zi tashqariga qayrilib, balandligi pasaytiriladi. Kartoshka ko‘milgach, darhol sug‘oriladi. Lekin ekilgan tugunak ustidagi tuproq qalin bo‘lib ketmasligi kerak. Shundan so‘ng qoplar quyosh nuri yaxshi tushadigan joyga qo‘yiladi. Kartoshka palagi paydo bo‘lib, 7 sm gacha o‘sgach, ozgina uchi qoldirilib, yana ustidan chirindili tuproq solinadi va qop chetlari ko‘tariladi. Yana mo‘l-ko‘l suv quyiladi. Bu ish qopning to 3 dan 2 qismi to‘lguncha davom ettiriladi. Umuman olganda, qopni bo‘g‘zigacha ham to‘ldirish mumkin. Biroq bunda tomorqachidan jiddiyroq yondashuv va malaka talab etiladi. Keyin hosil yig‘ib olinadi.

Ushbu usuldan foydalanish natijasida suv, kuch va mablag‘ ancha tejaladi, hosil cho‘g‘i hamda daromad yaxshiroq bo‘ladi. Odatda, bitta tugunak ekilgan qopdan o‘rtacha bir chelak kartoshka hosili olish mumkin. Bu usul, ayniqsa, kichikroq tomorqa sharoitida juda ko‘p keladi.



Qulayligi. Usul, avvalo, oson, qulay, kam joy oladi, kichkina joydan mo‘lgina hosil olish imkonini beradi. Yerni yumshatib, tayyorlashni talab etmaydi, ish kuchi kamroq sarflanadi. Tagini yumshatib, chopiq qilishga hojat yo‘q. Tugunaklar ham katta-katta va tekis bo‘lib yetiladi. Ba’zi tomorqachilar esa an’anaviy kartoshka yetishtirish bilan birga qopga ekish usulini baravar qo‘llaydi. Ayrim omilkor tomorqachilar rezina ichak, plastik shisha yordamida tomchilatib sug‘orishni ham o‘zlashtirib olgan.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling