Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka xalqa chirishini


Download 116.62 Kb.
bet35/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka xalqa chirishini Clavibacter michiganensis ssp. sepedonicus (syn. Corynebacterium sepedonicum) bakteriyasi qo‘zg‘atadi. Kasallik mu’tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Bu mintaqalardan kartoshka olib kelinganda, xalqa chirish boshqa mamlakatlarda ham tarqalganligi aniqlangan.

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Aerob. Obligat parazit. To‘g‘ri yoki sal egilgan, noto‘g‘ri shaklli, eni tor tayoqcha, ko‘pincha V-shaklida juft bo‘lib, ba’zan yakka-yakka joylashgan bakteriyalar, o‘lchamlari 0,8-2,5-0,4-0,75 mkm. Grammusbat. Eski kulturalarda ba’zilari kokk shakliga kiradi. Harakatsiz, sporalari yo‘q. O‘sishi uchun boy ozuqa muhitini talab qiladi, sekin o‘sadi. Xemoorganotrof. Katalazamusbat, oksidazamanfiy. O‘sishi uchun optimal harorat 20-29°C, kam hollarda 35°S dan yuqori. Koloniyalari qizil yoki apelsin tusli. Mannitni, ba’zan mannoza, kraxmal, sorbit, atsetat, sitrat va suksinatni o‘zlashtiradi. Jelatinani suyultirmaydi. Sutni chiritadi. Qandda kislota va gaz hosil qilmaydi. Korinebakteriyalardan farqli o‘laroq klavibakteriyalarning hujayra devorchasida 2,4-diaminomoy kislotasi mavjud.

Kasallik ekin gullash - meva tugish fazalarida yuzaga chiqadi va barglar sarg‘ayishi, so‘lg‘inligi, chetlari tepaga bukilishi, ayrim shoxlarining asta-sekin so‘lishi bilan ta’riflanadi. Zararlangan tuganak kesilganida o‘tkazuvchi to‘qimalar xalqasida och-sariq dog‘lar ko‘rinadi; tuganak qo‘l bilan siqilsa, undan bakteriyalar sariq, yelimsimon loyqa shaklida oqib chiqadi. Keyinchalik dog‘lar rivojlanib, kulrang, sarg‘ish yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir tus oladi, tuganak o‘sha joylardan chatnashi mumkin. Ikkilamchi mikroorganizmlar zararlab, tuganaklarni yumshatadi va chiritadi. Bunday belgilar rivojlanganida kasallikni fuzarioz quruq chirish bilan adashtirib qo‘yish mumkin. Kasallik asosan zararlangan tuganaklar bilan tarqaladi. Bakteriya tuproqda saqlanmaydi, ammo tuproqqa ishlov berish asbob-uskunalari, mashinalar hamda qop va yashiklar orqali ham o‘simliklarga o‘tadi.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling