Kurash choralari. Pomidorda so‘gal va juft strik, kartoshkada qorason va fuzarioz quruq chirishga qarshi tavsiya qilingan usullar kartoshkaning xalqa chirishiga ham samara beradi (Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982; Sattarova va b., 2003; Popkova i dr., 2005).
Kasallik O‘zbekistonda ham tarqalgan (Kuznetsova, Tursumetova, 1970); omborxonada saqlanayotgan kartoshkadan turi aniqlanmagan bakteriya alohida yoki fuzarioz va fomoz chirish qo‘zg‘atuvchilari bilan birgalikda ajratib olingani xabar qilingan (Xolmurodov, 2004). Bu bakteriya Clavibacter michiganensis ssp. sepedonicus bo‘lishi mumkinligi tashxis bilan aniqlanilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |