Kartoshka A-virusi (Solanum virus 3) bilan zararlangan o‘simliklarda ham o‘zgaruvchan belgilar paydo bo‘ladi, shuning uchun Y- va A-virozlarni dala sharoitida ajratish mumkin bo‘lmaydi. A-viroz tufayli kartoshka hosili 40% ga kamayishi mumkin (Int. Potato Center, 1982).
Y-viroz O‘zbekistonda keng tarqalgan va kartoshka urug‘chiligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti xodimlarining tajribasida, nav bilan bog‘liq holda, latent shaklidagi Y-virus kartoshka urug‘i hosilini 13,6-24,0 foizga kamaytirgan (Ergashev va b., 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |