Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet38/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka Y-virozini kartoshka Y-virusi (Solanum virus 2) qo‘zg‘atadi. Bu guruh viruslarining shakli uzunchoq, uzunligi 750 nm, kriptogrammasi R/1;3,5/5;E/E;S/Ap.

Zarari bo‘yicha Y-viroz barg buralishidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi, hosilning 80 foizigacha yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Kasallik belgilari ekin navlari va ularni zararlagan virus shtammlari hamda ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq va juda o‘zgaruvchan: barglar mo‘rtligi, rozetkalari paydo bo‘lishi, chetlari pastga bukilishi, ustida nekrozlar rivojlanishi, o‘simlik bo‘yi pasayishi, novda va poyalarda nekrotik qoramtir-qo‘ng‘ir chiziq va tasmachalar hosil bo‘lishi mumkin; ba’zi navlarda yengil mozaika rivojlanadi yoki o‘simlik tashqi belgilarsiz zararlanadi. Kasallik tuganaklar orqali hamda, barqaror bo‘lmagan holda, shiralar bilan tarqaladi.

Virus tamakini ham zararlaydi: zararlangan o‘simliklarning yosh barglari tomirlari oqaradi (boshqa shtammlari ta’sirida qo‘ng‘ir tus oladi) va so‘ngra barglarda oq, mayda nekrozlar paydo bo‘ladi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling