Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»


Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana19.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#120245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi tarixi.


 Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari. 

     Kishilik  jamiyati  taraqqiyotidagi  eng  uzoq  vaqt,  hozirgi  zamon  fani  ma’lumotlariga  qaraganda, 

ikki  million  yildan  ortiq vaqt  hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzodning paydo bo’lishidan 

to  davlatning  tashkil  topishigacha  bo’lgan  davrni  o’z  ichiga  olib,  bu  vaqtda  hali  davlat  va  huquq 

bo’lmagan edi. Bu davr ibtidoiy jamiyat deb nomlangan. Lekin davlat va huquqning paydo bo’lish 

jarayoni aynan shu davrdan asta-sekin shakllana boshlangan.  

     Jamiyatning  asosiy  bo’g’ini  va  uni  boshqarishning  birlamchi  shakli  urug’  bo’lib,  unda  ishlab 

chiqarish  urug’  a’zolarining  birgalikdagi  mehnatiga  asoslangan  va  ishlab  chiqarish  vositalari, 

mehnat qurollari, iste’mol mahsulotlari  hamda barcha mulklar umumiy bo’lgan. 

     Urug’  bu  ekzogamiya  nikoh  tartibi  va  qarindoshlikning  bir  tomonlama  (ota  yoki  ona 

tomonidan)  hisoblanishi  bilan,  jamoaviy  mehnat,  hududning  umumiyligi,    e’tiqodning 

birligi,ijtimoiy hayotdagi demokratik talab  tartiblari bilan ta’riflanadi..  

     Neolit inqilobi iste’molchilar jamoasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga aylantirdi. Ularni o’troq 

turmush  tarziga  o’tishga  va  ma’lum  hududda  joylashishga  tayyorladi.  Urug’  jamoasida  mehnat 

taqsimoti, oziq - ovqat taqsimoti va nikoh-oila munosabatlari aniq va qat’iy belgilab qo’yilgan edi. 

Taqsimot  odamlarning  yoshiga,  jinsiga  va  boshqa  belgilariga  ko’ra  amalga  oshirilar  edi.  Urug’ 

jamoasiga  urug’  oqsoqollari  boshchilik  qilardi.  Ular  jamoaning  yaxshi  yashashi  uchun  sharoitlar 

yaratish,  manfaatlarini  himoya  qilish,  o’lja  qilib  olingan  mahsulotlarni  taqsimlash  bilan 

shug’ullangan. O’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgan rahbarlarning jamoa ichida 

obro’-e’tibori ortib borgan. 

    Urug’chilik  tuzumida  hokimiyat  urug’  jamoasiga  tegishli  edi.  Birgalikda  hayot  kechirishning 

hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o’tkazish, kishilar 

o’rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqa jamoa ishlari urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishida qarab 

chiqilar  va  hal  etilardi.  Urug’  a’zolarning  majlisi  (umumiy  yig’ilishi)  uning  oliy  hokimiyat  organi 

edi. 


     Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish 

yoki  majbur  etish  apparatlariga  ega  emas  edilar  va  ularning  qo’llaridagi  hokimiyat  birdan-bir 

shaxsiy ma’naviy obro’lariga hamda barcha urug’ a’zolarining ularga bo’lgan hurmatiga tayanardi. 

Jamoa  yig’inida  urug’  oqsoqoli  yoki  harbiy  boshliq,  ya’ni  barcha  ijtimoiy  ishlarni  boshqaruvchi 

saylanardi.  Urug’  oqsoqollari  va  harbiy  boshliqlar  istalgan  vaqtda  umumiy  yig’ilish  tomonidan 

almashtirilishi  mumkin  bo’lgan.  Ular  o’z  funksiyalarini  urug’ning  nazorati  ostida  amalga 



 

14 


oshirganlar. Urug’ yig’ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo’lgan. Oqsoqolning 

o’zi  ham  boshqa  jamoa  a’zolari  kabi  jamoa  an’analarini,  urf-odatlarini,  yurish-turish  qoidalarini 

so’zsiz  bajarishi  lozim  edi.  Aks  holda,  u  o’z  o’rnini  boshqasiga  bo’shatishga  majbur  bo’lar  edi, 

ya’ni uning o’rniga boshqasi saylanar edi. 

    Urug’ jamoasida ibodat qilish va u bilan bog’liq urf-odatlar, diniy marosimlar, an’analar va  ahloq qoidalari 

yuzaga kelgan. Kishilar xulq - atvor va yurish-turish qoidalariga rioya qilganlar. Bordi-yu bu qoidalar buzilsa, 

uni butun urug’da, uning yig’ilishida muhokama qilar edi.  Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh 

berish, ogohlantirish, urug’dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo’llanilgan.     



Davlatning vujudga kelishi. 

     Ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  nazorat  qilish,  oziq-ovqat  va  boshqa  resurslarni  saqlash, 

taqsimlash,  qo’shni  guruhlar  bilan  ayirboshlash,  yer  uchastkalarini  qayta  taqsimlash  zaruriyati 

kerakli bilimlarga va mahoratlarga ega bo’lgan maxsus qatlamlarning ajralib chiqishiga olib kelgan. 

     Boshqaruvchilar  faoliyati  asta-sekin  ixtisoslashib    doimiy  kasbga  aylanib  bordi.  Ijtimoiy 

hokimiyat    jamiyatni  boshqaruvchilar  -  ma’muriy  oqsuyaklar,  zodagonlarning  hukmronligiga 

aylandi.  Urushlar  himoya  vositasidan  qo’shimcha  ishchi  kuchini  qo’lga  kiritish vositasiga  aylandi. 

Asirlar qullarga aylantirildi. Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik yuzaga keldi. 

     Davlat  bu  ma’lum  hududda  yuqori  hukmronlikka  ega  tashkilotdir.  Italiyalik  tafakkur  Nikkola 

Makkavelli  (1469-1527)  dalatga  stato  (lotin  tili  statis  –  status)  degan  ma’no  bergan.  Aristotel  – 

davlat  aql  idroki,  haqiqat,  chiroy  va  umumiy  huzur-halovat,  degan  edi.  T.  Gobbs  –  davlatni 

jahannomga  teng  deb,  uning  og’zidan  olov  chiqadi,  burnidan  tutun,  nafasi  ko’mirni  kuydiradi, 

bo’ynida kuch bor va uning oldida daxshat ham yordam beraolmaydi, degan edi. 

      O’z  mavqelaridan  foydalanib  tobora  ko’proq  yer,  mol  –mulk,    harbiy  o’ljalarni  egallab  ola 

boshlagan  dohiylar,  lashkarboshilar,  kohinlar  -  ruhoniylar  guruhi  ajralib  chiqa  boshladi.  Ularning 

hokimiyati  shaxsiy  manfaatni  himoya  qilishga,  qullar  va  boshqariluvchilarni  ushlab  turish  va 

bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab 

qo’yilmasdan,  asta-sekin  meros  bo’lib  qola  boshladi.  Ularning  atrofida  doimiy  harbiy  drujina 

jamlana boshladi.  

     Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda 

ishtirok  etishda  davom  etdilar,  lekin  hukmronlik  qilish  yo’lboshchilar  va  harbiylar  qo’liga  o’tdi. 

Iqtisodiyotda va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi. 

Urug’-qabila  tashkiloti  sharoitida  ularni  hal  etish  imkoni  bo’lmay  qoldi.  Boshqa  siyosiy  tashkilot 

zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi.  

      SHunday qilib, hozirgi zamon tarixiy, etnografik, arxeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin 

guvohlik  berishicha,  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  tabiiy  rivojlanishi  natijasida  paydo  bo’lgan  jamoa 

tepasida  turuvchi  tuzilmalardan  davlat  tashkil  topgan.  Davlatlar  tarixiy  taraqqiyotning  notekis 

rivojlanishi  natijasida  turli  qit’alarda  va  turli  xalqlarda  turli  vaqtlarda  sodir  bo’lgan  hamda  asrlar 

davomida, ba’zan ming yillab davom etgan. 

     Davlatlarning  tashkil  topishi  bu  -  insoniyatning  ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga  yorib  o’tishi 

edi.  Dunyoda  birinchi  sivilizatsiya  va  davlatlar  qadimgi  SHarqda  miloddan  avvalgi  IV-III  ming 

yillikda tashkil topgan. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I yillikning boshlarida ilk davlat 

uyushmalari  paydo  bo’la  boshlagan.  yevropaning  ko’pgina  xalqlarida  ibtidoiy  jamoa  tuzumining 

yemirilishi  va  davlatning  tashkil  topish  jarayoni  o’rta  asrlarda  nihoyasiga  yetgan.  Afrika  va  yer 

yuzining boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’ munosabatlari 

yashab  kelgan  va  bu  yerlarda  davlatning  tashkil  topishi  tabiiy  rivojlanish  natijasida  emas,  balki 

yevropa mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan. 

     Davlat  yaxshi  ham  yomon  ham  bo’lmaydi.  U  qonun  va  qoidalarga  suyangan  xolda  odamlar, 

gruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tartibga solib turish uchun zarur. 

      Davlat  jamiyatning  muhim  tarkibiy  elementidir.  U  jamiyatda  asosan  siyosiy  funksiyalarni 

bajaradi.  Davlat  jamiyat  rivojining  muayyan  bosqichida  yuzaga  kelgan  bo’lib,  u  o’zining 

shakllanishi  va  rivojlanishida  uzoq  va  murakkab  yo’lni  bosib  o’tgan.  Dastlabki  bosqichda  davlat 

eng  avvalo  majburlashga  asoslangan.  Demokratiya  sharoitida,  ya’ni  insoniyat  XXI  asrga  qadam 


 

15 


qo’ygan  bugungi  kunda  davlat  sivilizatsiya  talablariga  mos  tarzda  rivojlanmoqda.  Davlat 

hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati hayotning hamma sohasiga ta’sir qiladi.  

Islom Karimov davlat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: Davlat inson manfaatlari va 

huquqlari,  uning  tinch-totuv  hayoti  va  kelajagini  tashkil  etish  va  himoyalash  kabi  ulug’vor 

maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir”.

1

 

Bugungi  kunda  huquqshunos,  sotsiolog  olimlar  davlat  tushunchasini  ta’riflashda  turlicha 

yondoshmoqdalar.  Ularning  ilmiy  ishlarida,  kitoblarida  davlat  tushunchasiga  yangicha  qarash 

vujudga kelgan: 

     Davlat  -  suverenitetga,  boshqaruvning  hamda  fuqarolar  huquq  va  erkinliklarini  himoya 

qilishning  maxsus  apparatiga  ega  bo’lgan,  shuningdek,  huquq  normalari  (qoidalari)  ni 

yaratishga qodir bo’lgan, ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir”.

2

 

     “Davlat bu - muayyan hududni ishg’ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalqdir, davlat 

bu - insonlarning yashash qoidasi shakli”.

 

 

     Davlat  bu  siyosiy  hokimiyat  tashkilotidir.  U  jamiyat  rivojlanishining  industrlashtirishgacha 

bo’lgan  davrida  (yangi  davrgacha)  hukmron  sinfning  irodasini  ifodalagan  va  himoya  qilgan. 

Industrlashtirishdan keyingi davrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik ko’pchilik va 

xalqning manfaatlarini ifodalagan.  

   Jamiyatda  yashash  uchun  ilk  vujudga  kelgan  kishilar  birgalikda  yashashi  shart  edi.  Endi 

hayvoniylikdan  odamiylikka  o’tyayotgan  insonlar  tashqaridan  ularga  keladigan  zarbalarni  yengish, 

ular  bilan  kurashish  uchun  birga  yashashga  majbur  edilar.  Zarbalarni  qaytarish  qurollari,  ovqat 

topish  muammolari  odamlarga  osonlikcha  yetib  kelmagan.  Ilk  insonlar  boshlaridan  qanchadan  - 

qancha musibatlar o’tkazgan.  

     Jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan jamiyat boshqaruvining urug’ jamoa 

shakli  munosabatlarida  jiddiy  o’zgarishlar  ro’y  bera  boshladi.  Miloddan  avvalgi  VII-V  ming 

yilliklarida  jamiyat  hayotida  yirik  mehnat  taqsimotlari  ro’y  berdiki,  bu  chuqur  oqibatlar  keltirib 

chiqardi.  Mehnat  taqsimoti  chorvachilik  dehqonchilikdan  ajralib  chiqdi.  SHu  davrgacha  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlar  qatoriga  sut,  go’sht,  jun,  yog’,  teri  kabi  mahsulotlar  qo’shildi. 

Dehqonchilikda  ham,  chorvachilikda  ham  ixtisoslashishning  kuchayib  borishi  oqibatida  mehnat 

unumdorligi oshib bordi. Bu voqea neolit davrida yuz berganligi uchun neolit inqilobi deb ataldi. U 

o’zida  o’zlashtiruvchi  iqtisodiyotdan  ishlab  chiqaruvchi  iqtisodiyotga  o’tish  davrini  ifodalaydi. 

Ishlab  chiqaruvchi  xo’jalik  urug’chilik  jamoalari  a’zolarining  nafaqat  eng  zarur  ehtiyojlarini 

qondirgan, balki ortiqcha mahsulotning paydo bo’lishiga olib kelgan.  

      Ekologik  muhit  qulay  mintaqalarda  (issiq  iqlim,  tuproqning  hosildorligi,  suv  resurslari)  o’troq 

dehqonchilik jamoalari paydo bo’lgan, aholining soni va zichligi o’sib borgan. 

      Oila-urug’ guruhlari ajralib chiqqan. Bu davrdagi nikoh va oila munosabtlari oilaning matriarxal 

(yunoncha- “ona urug’i”) shakli ajralib turadi. YA’ni unda ayollar xukmron mavqega ega bo’lgan, 

mulk  va  nasab  ona  urug’i  bo’yicha  o’tgan.    Bir  necha  uylar,  chorva-mollari,  ishlab  chiqarish 

mulkiga  aylanib  borgan.  Jamiyatda  inson  ongi,  qarashlari,  mehnat  rivoj  topgan  sari  nikohiy 

munosabatlarda  ham  o’zgarishlar  yuzaga  keldi.  Urug’chilik  davrida    matriarxatdan  patriarxat 

(yunoncha – “ota urug’i”)ga o’tila boshlandi. 

     Bu  davrga  kelib  erkaklarda  topilgan  daromadlarni  oilasiga,  o’z  xotini  va  undan  tug’ilgan 

farzandlarga  olib  kelish  tuyg’usi  vujudga  keldi.  Bu  davr  sivilizatsiya  deb  atalib,  yakka  nikohning 

kelib  chiqishiga  asos  bo’ldi.  Monogam  (yunoncha  “bir  nikohlilik”)  oilaning  birinchi  tarixiy  shakli 

patriarxal oiladir. Bu oilaning asosida ishlab chiqarish qurollari va boshqa mulklarga egalik otaning 

qo’lida edi. Neolit inqilobi tufayli kelib chiqqan jarayonlar chuqurlashib kengayib borgan.  

     Metall  eritish  va  metall  qurollar  tayyorlash  ishlab  chiqarish  vositalarining  takomillashish  omili 

bo’ldi.  Temirdan  yasalgan  buyumlarning  paydo  bo’lishi,  mehnat  unumdorligining  o’sishi,  ishlov 

beriladigan  yer  maydonini  kengaytirish  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  imkonini  berdi.  Metall 

                                                           

1

  I.A.Karimov  Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan nutqi. “Huquq  pravo» jurnali  1999 yanvar` soni. 



2

  A.Saidov U.Tadjixanov “Davlat va huquq asoslari” T., 1999 yil 10-b. 



 

16 


asboblar  quyish  va  kulolchilik  hamda  to’qimachilikning  rivojlanishi  ijtimoiy  mehnatda  ikkinchi 

yirik bo’linishga,  mehnat taqsimotiga olib keldi. 

      Dehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  chiqdi.  Bu  hunarmandchilik  ishlab  chiqarish 

buyumlarini  ozik-ovkat  mahsulotlariga  almashtirishni  keltirib  chiqardi.  YA’ni  tovar  ishlab 



chiqarish  paydo  bo’ldi.  Tovar  ishlab  chiqarish  ortiqcha  mahsulotning  ko’payishiga,  boylikning 

to’planishiga, mulkiy tengsizlikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Savdo-sotiq, tovar ayirboshlash 

rivojlandi. Kishilik jamiyatning bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik mehnat taqsimotiga olib keldi. 

     Ishlab  chiqarish  bilan  shug’ullanmasdan  mahsulotlarni  sotish,  ayirboshlash  bilan  mashg’ul 

bo’ladigan  savdogarlar  qatlami  vujudga  keldi.  Bu  davrga  kelib  yer  ham  xususiy  mulkka  aylandi. 

qo’shimcha  ishchi  kuchiga  bo’lgan  ehtiyoj  o’sib  bordi  va  qulchilik  ijtimoiy  tuzumning  muhim 

qismiga  aylandi.  Jamoa  tuzumining  rivojlanishi  natijasida  yangi  oila-urug’  jamoalari  vujudga 

kelgan.  Bu  esa  ancha  yirik  ijtimoiy  tashkilotlar  -  ittifoqlar  (fratriyalar)  va  qabilalarning,  qabilalar 

ittifoqining paydo bo’lishiga olib keldi. Qabilalar o’z hududiga, nomiga, tiliga (shevasiga) diniy va 

maishiy urf-odatlariga ega bo’lgan. 

     Asta-sekin  qabilaning  o’zini-o’zi  boshqarish  organlari,  qabila  kengashi  tashkil  topa  boshlagan. 

Uning tarkibiga barcha urug’larning oqsoqollari (dohiylari) kirgan. qabila kengashi a’zolari, qabila 

yo’lboshchisi qabila a’zolari tomonidan saylangan va almashtirilgan. 

YUqoridagilardan kelib chiqib, davlatga quyidagicha ta’rif berish mumkin:  



Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo’lgan, o’z fuqarolariga, hududiga, 

shuningdek,  shu  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  insonlarning  manfaatlarini  himoya 

qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatga kiraoladigan mustaqil 

siyosiy  toshkilotdir. 

          Davlat hokimiyati 

– davlat aparati bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan muayyan 

tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining tizimidir.  

Davlatga xos belgilar. 

    Davlat  o’zining  tashkil  etilishi,  maqsad  va  vazifalari  bo’yicha  ibtidoiy  jamiyatdagi  oqsoqollar, 

urug’  va  qabila  boshliqlari  hamda  diniy  hokimiyat  sohiblariga  tegishli  bo’lgan  ijtimoiy 

hokimiyatdan ajralib turadigan belgilariga ega. Bular: 

  Davlat  paydo  bo’lgan  jamiyatda  fuqarolar  davlat  chegaralari  doirasida  ma’lum  hududga 



birlashadilar.  Davlat  ilk  jamiyatdan  hududiy  tashkil  topishi  bilan  farq  qiladi.  Hududiy  tuzilishning  

birinchi bosqichi shahar edi. SHahar odamlarini qarindoshlik asosida emas, balki ma’lum hududga 

ko’ra  birlashtirgan.  Davlat  jamiyatini  boshqarish  uchun  jilovni  o’z  qo’liga  olish  bilan 

xarakterlanadi. Davlat jamiyatda urug’lar, xalqlar millatlar, sinflar o’rtasida mavjud bo’lgan ijtimoiy 

tengsizlikni  murosaga  keltirish,  jamiyatni  yagona  tuzum sifatida  saqlab, idora  qilish  uchun xizmat 

qilish sifatida vujudga kelgan; 

 

O’ziga xos ommaviy hokimiyat - davlat hokimiyatining paydo bo’lishi, ya’ni maxsus bilim va 



mahoratga  ega  bo’lgan  boshqaruvchilar  qatlami  yuzaga  keladi.  Davlat  apparati  dastlabki 

bosqichlardayoq  keng  tarmoqli  murakkab  tizimga  ega  edi.  U  o’zini  saqlash  va  faoliyat  ko’rsatish 

uchun  ma’lum  manbaalarga  muhtojlik  sezgan.  Bunday  manbaalar  soliqlar,  yig’imlar  va  boshqa 

tushumlar  edi.  Davlat  asosida  tug’ilgan  har  qanday  jamiyat  samarali  boshqarishga  muhtoj  bo’lib, 

uning keyingi rivojlanishi shunday boshqarishni  izlash bilan bog’liqdir; 

   Davlat o’z vazifalarini bajarish uchun odamlarning alohida qatlami-davlat apparatiga ega bo’lgan. 

Bu  muayyan  hokimiyatga  ega  bo’lgan,  ya’ni  zaruriyat  tug’ilganda  majburlash,  zo’ravonlik 

yordamida  aholining  boshqa  tabaqalarini  o’z  erkiga  bo’ysundirish,  u  yoki  bu  manfaatlarni 

ta’minlovchi  kishilar  guruhi  bo’lgan.  Buning  uchun  o’ziga  xos  davlat  institutlari-sudlar, turmalar, 

politsiya, armiya paydo bo’lgan. Ular majburlashga moslashtirilgan organlar edi. 

 

Soliqlarning  mavjudligi.  Soliq  -  davlatning  aholidan  davlat  apparatini  saqlash  hamda 



aholining  kam  ta’minlangan  qismiga  yordam  berish  uchun  zarur  bo’lgan  moddiy  mablag’larning 

undirib olinishidir; 



 

17 


 

Huquq ijodkorligi, ya’ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar tomonidan ijro etilishi 

umumiy majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy qoidalari ishlab chiqila boshlandi; 

 



Davlatning eng muhim belgilaridan biri - siyosiy hokimiyatning mavjudligi.  

Ma’lumki  ibtidoiy  jamiyatda  ijtimoiy  hokimiyat  jamiyat  a’zolari  o’rtasidagi  obro’-e’tiborga, 

ularning  izzat-hurmatiga  tayanar  edi.  Siyosiy  hokimiyat  esa,  boshqaruv,  majburlash  apparatiga, 

kuchga  tayanadi.  Siyosiy  hokimiyat  -  hokimiyatning  eng  muhim  va  murakkab  ko’rinishlaridan 

biridir.  U  orqali  muayyan  xalq,  sinf,  guruh,  shaxs  o’zining  xohish-istaklarini  amalga  oshiradi. 

Siyosiy hokimiyat davlat hokimiyati va boshqa siyosiy tashkilotlardan tashkil topadi.  

Har bir davlatning o’z aholisiga ega bo’lishi; 

Davlatning  belgilaridan  yana  biri  -  umuminsoniy    funksiya  (vazifa)larni  bajarish,  ya’ni  davlatni 

rivojlantirish, hududni qo’riqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, umumiy farovonlik maqsadlarini 

amalga oshirish; 



Davlat suvereniteti, ya’ni davlatning ichki va tashki siyosatni o’tkazishda mustaqilligi; 

  Davlatni boshqa davlatlardan farqlab turuvchi ramzlar: nomi, bayrog’i, madhiya, tamg’a, davlat 

tili, oliy hokimiyat organlari, pul birligi, poytaxtiga ega bo’lishi; 

 

Davlat  boshqa  ijtimoiy  hokimiyatlardan  farq  qilib,  mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy,  xo’jalik  va  madaniy 



hayotiga rahbarlik qilishi va boshqalar. 

    Demak,  davlat  o’zidan  oldin  paydo  bo’lgan  ijtimoiy  tashkilotdan  quyidagi  o’ziga  xos  belgilari  bilan  farq 

qilgan: 

  davlat  fuqarolarning  hududiy  belgilariga  qarab  bo’linishi  bo’lib,  bunday  bo’linish 

urug’doshlik  tuzumida  qon-qarindoshlik  aloqalari  tufayli  bo’lgan.  Urug’doshlik  ittifoqlari 

buzilgach,  fuqarolar  o’zlarining  ijtimoiy  huquq  va  burchlarini  qaysi  urug’  va  qabilaga 

mansub ekanliklaridan qat’i nazar yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaganlar; 

  davlat  urug’doshlik  tuzumi  ijtimoiy  tashkilotidan  xalqdan  ajralgan  va  unga  boshchilik 

qiladigan  davlat  hokimiyatining  mavjudligi  bilan  farq  qiladi.  Bunda  davlat  hokimiyati 

aholidan ajralgan bo’lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat muayyan guruhga sinfga xizmat 

qiladi.  Davlat  hokimiyati  tizimida  qurollangan  kishilarning  maxsus  otryadi,  armiya, 

politsiya,  turma  va  har  xil  majbur  etish  muassasalari  mavjud  bo’ladi.  Davlat  hokimiyati 

mamlakat  ichida  ziddiyat  keskinlashgan  sari  va  qo’shni  davlatlar  kattalashib,  aholi  son 

jihatidan ko’payib borgan sari kuchayaveradi. 

  Davlat  ishtirokining  saqlash  uchun  zarur  bo’lgan  fuqarolardan  olinadigan  soliqlar  va 

to’lovlar mavjud bo’ladi. 

  Davlat  suvereniteti,  ya’ni  davlatning  o’z  hududi  oliy  hokimiyatga  ega  bo’ladi  va  xalqaro 

munosabatlarda mustaqil harakat qiladi. 

Huquqning  mavjudligi  davlat-huquqsiz  yashay  olmaydi.  Huquq  davlatni,  davlat  hokimiyatini 

yuridik jihatdan mustahkamlaydi. 



 

DAVLAT  TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. 

       Darsning 

maqsadi:Talabalarga 

davlat 


va 

huquqning 

vujudga 

kelishi                                         

uning  jamiyatdagi  o’rni  va  ahamiyatini  o’rgatish.  Davlat  va  huquq  to’hrisidagi  nazariyalar  haqida 

tushuncha   berish. 

        Darsning ko’rgazmasi: Davlatning shakllari, belgilari, chizmasi. 

        Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Jamiyat,neolit inqilobi,urug’chilik   tuzimi, patriarhal, 

irrigatsiya,  teologiya,  totem-mening  avlodboshim,  sanktsiya-  chora,  mononormalar-urug’doshlik 

tuzimi odati. quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik, patriarhal  



Reja: 

1.Davlat va xuquqning kelib chiqishi va rivojlanishi.  

2.Davlatning paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar. 

3.Davlatning mohiyati va beigilari.  



Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

18 


1.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz  – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlaqatni 

modernizatsiya va isloh etishdir. T., «O’zbekiston», 2005y  

2. Muhamedov H. Horijiy mamlakatlar  davlati va huquqi tarixi. T.,”Adolat” 1999. 

3. Muhimov Z. Chet mamalakatlar davlati va huquqi tarixi. T., Yangi asr avlodi, 2001 y. 

4 .Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma'ru’zalar matni. T.Universitet.2000 y.  

5. Karimova O., G’afforov Z. Davlat va huquq asoslari T.,O’qituvchi.1995 y. 

6. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001.  

7. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq asoslari T.IIV. 1999,   



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling