Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Yosh o’qituvchining iqtidori va qobiliyati


Download 1.04 Mb.
bet123/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Yosh o’qituvchining iqtidori va qobiliyati rivojlanganligi o’z mehnatini pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati – bu ulkan imkoniyatdir, uning mohirligi, mehnatsevarligi faqatgina o’qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. O’qituvchi qobiliyati zehnining o’tkirligidan dalolat beradi. Iqtidor, iste’dod, daholik – o’qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar, inson xarakteri kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo’lgan sifatlaridir.
O’qituvchining pedagogik texnikasi – nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun mehnati faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalarining yig’indisidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – pedagogik faoliyatda uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, o’z his-tuyg’ularini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi kabi o’qituvchining mahoratini belgilovchi qizg’in mehnatida namoyon bo’ladi.
Ixtisosligi bo’yicha egallagan bilimlar darajasi. O’qituvchining ko’p yillik pedagogik mehnati kasbiy mahorat bo’la olmasligi mumkin. O’qituvchining kasbiy mahorati ixtisosligi bo’yicha egallagan bilimlar darajasi va kasbiy tajribalari asosida paydo bo’ladi. Kasbiy tajribalar o’z kasbidan qoniqmagan, biroq yillar davomida o’zining xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajaruvchi o’qituvchida ham yuzaga kelishini unutmaslik kerak. F.G.Ziyatdinova ma’lumotlariga ko’ra 80 foiz o’qituvchilar u yoki bu darajada, 20 foiz o’qituvchilar esa to’liq o’z ishlaridan qoniqmaydilar. Bunday o’qituvchilarda – hatto ixtisosligi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lsalar ham, pedagogik mahoratning muhim elementlaridan biri – ixtisosligi bo’yicha bilimlar darajasini ko’rsatuvchi “ijodkorlik tuyg’usi”, o’qituvchining o’ziga xos ruhiy va jismoniy holati sifatida shakllanmaydi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling