Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet131/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
Savol va topshiriqlar
1. O’qituvchi mehnatida pedagogik mahoratning asosiy komponentlari nimalardan iborat?
2. O’qituvchi o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil etishi uchun nimalarni bilishi shart?
3. O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan tashkil etish vositalariga ta’rif bering?
4. YOsh o’qituvchilar mehnatini tashkil etishda qanday boshlang’ich yo’nalishlarni bilishi kerak?
5. O’qituvchi mehnatini to’g’ri tashkil etishda uning “Kun tartibi” qanday ahamiyatga ega?
6. O’qituvchining ob’ektiv shaxsiy xususiyatlari qanday omillarni o’zida mujassamlashtiradi?
7. O’qituvchi mehnatida iqtidor va qobiliyatning o’rni nimalardan iborat?
8. O’qituvchi o’z mehnati faoliyatida kasbiy turg’unlikning ta’siri haqida o’z fikringizni bildiring?
9. O’qituvchi mehnatida umumbashariy qadriyatlarning ahamiyati nimalardan iborat?
10. O’qituvchi pedagogik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlar tizimini belgilang?
11. Pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilgan pedagogik qadriyatlarga o’z munosabatingizni bildiring?
Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar.
Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o’z fikr-mulohazalaringizni bildirib, “Mustaqil ish” yozing:
1. “Hozirgi zamon o’qituvchisi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish muammolari”.
2. “O’qituvchi mehnati unumdorligini oshirishda umumbashariy qadriyatlarning ahamiyati”.


1-topshiriq. Turli yoshdagi o’quvchilar (kichik yoshdagilar, o’smirlar, katta yoshdagilar) bilan odob-axloq masalalarini muhokama qilish uchun badiiy asar, kinofilmlarni tanlang.
5, 6, 9 sinflar o’quvchilari uchun etik suhbatlar sistemasini ishlab chiqing. O’quvchilarning yoshini, axloqiy bilim darajasini, qo’yilgan tarbiyaviy vazifalarni hisobga olgan holda tanlangan mavzularni asoslab bering.
2- topshiriq. Kommunikativ ko’nikmalaringizni baholashni o’zingiz o’tkazing. Sinf o’quvchilar guruhi va har bir o’quvchi bilan yakka tartibda muloqot o’tkazishga tayyorgarligingizni o’zingiz baholashga urinib ko’ring. O’quvchilarning axloqiy pokligini ta’inlash bo’yicha ular bilan yakka tartibda ishlashda pedagog-novatorlarning tavsiya qilgan kitoblaridan misolllar keltiring. SHunga o’xshash vaziyatlarda siz qanday ish tutgan bo’lar edingiz? Siz o’quvchi kayfiyatini tushunishga, uning o’z kuchlariga qat’iy ishonch hosil qildirishga, birgalikda izlanishga kirishishga qodirmisiz?

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling