Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish


Download 1.04 Mb.
bet56/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish.
Petalotssi o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalotssi ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat bo’lishi lozim, deb hisobladi. Pestalotssi savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa qo’ydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi hukmronlik qilib turgan o’sha vaqt uchun g’oyat muhim edi.
Pestalotssi ona tili o’qitishni ko’rsatmali prinsip asosida olib borish va bollarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu tariqa bolalarning so’z boyligini orttirish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar berdi.
Pestalotssi zeriktirarli va bir xildagi mashqlar qildirish bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki hodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o’stirishga, biror narsani aniq va to’la tasvirlab bera olish malakasini hosil qilishga intildi.
Bolalarda yozuv malakasini hosil qilmoq uchun Pestalotssi dastlab to’g’ri va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etdi. Pestalotssi yozuv o’rgatishni narsalarni o’lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o’stirish bilan bog’lab olib borishni taklif qildi.
O’lchashni o’rgatmoq uchun Pestalotssi dastlab to’g’ri chiziq chizishni, so’ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo’laklarga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bo’lishni o’rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko’rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini o’zlashtirib oladilar, ularni o’lchashni o’rganadilar.
Bola o’lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o’rgatishning asosidir.
Pestalotssi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotssi ko’zga ko’ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi.
Pestalotssi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya dogmatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol o’ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to’g’risida juda qimmatli fikrlarni aytib o’tdi. Pestalotssi boshlang’ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang’ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog’lashga intildi, bolalarni mehnatga o’rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor berdi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling