Mustaqil ish uchun topshiriq
XX - asrning 70 - 90 yillarida faoliyat ko`rsatgan pedagok olimlarimiz asarlari, ilmiy ishlari ro`yxatlarini tuzish, ularning ayrimlaridan qisqacha konspekt tuzish.
Ta’lim tizimidagi yangiliklar va unga munosabatingiz haqida referat tayyorlash.
Mavzu yuzasidan savollar
1917 to`ntarishigacha O`zbekistonda qanday ta’lim tarbiyaviy muassalar bor edi va ulardagi o`qitish ma’zmuni qanday edi?
1917 yildan so`ng ta’lim mazmunidagi o`zgarishlar, bungacha mavjud bo`lgan tarbiya muassalariga munosabat?
Alfavitga o`qitish bo`yicha qaysi yillarda qanday o`zgarishlar bo`ldi va bunga sizning munosabatingiz qanday?
O`rta, o`rta maxsus, oliy o`quv yurtlarining ochilishi, ular sonining ortib borishi haqida nimalarni aytib berasiz?
XX - asr 30 - yillaridagi qarorlar va ularning ahamiyati?
Ikkinchi jahon urishi O`zbekiston maorifiga qanday ta’sir ko`rsatdi?
Bolalar bilimi va xulqini 5 - ballik tizim asosida baholashga qachon o`tildi?
80 - yillardagi umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilish zaruratining yuzaga kelishi va isloxat mazmuni.
70 - 90 yillarda pedagogika fani rivojiga hissa qo`shgan pedagoglardan kimlarni bilasiz?
6-mavzu. MUSTAQIL O`ZBEKISTON TA`LIM TIZIMI. MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
Reja:
Mustaqil o`zbekiston ta`lim tizimi. mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji va strategik yo`nalishlari.
O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan yangiliklar.
Tayanch so`z va iboralar
Mustaqillik, O`zbekiston mustaqilligi, Milliy maktab, milliy tarbiya, "Ta’lim to`g`risida"gi qonu, pedagogik ilmiy tadqiqot ishlari, tayanch ta’lim, majburiy ta’lim, Qonunning tuzilishi, ta’lim tizimi va turlari, o`rta ta’lim, o`rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |