Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet99/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Pedagogik takt- bu o’qituvchining o’quvchiga ta’sir etishi pedagogik jihatdan muvofiqlik o’lchovi, eng samarali muloqot uslubini o’rnatishiga bog’liqdir. Pedagogik takt o’quvchilar bilan muloqotda haddan oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchilik faoliyatini harakterlab K.D.Ushinskiy shunday degan edi: «Maktabda hazilga yo’l qo’yuvchi, lekin hamma ishni hazilga aylantirmaydigan-jiddiylik, faqat taltaytirmaydigan-erkalatish, injiqsizlik-haqgo’ylik, loqaydsizlik-xushmuomala, rasmiyatchiliksiz-tartib, eng muhimi domio oqilona faoliyatda bo’lishi kerak». Bunday ta’sir ko’rsatish me’yori tarbiyaviy vositalardan foydalanishda ham namoyon bo’ladi.
Tibbiyotdagi dorilar kabi o’qituvchining so’zi va metodi ham aniq o’lchovga, foydalanish rejimiga ega bo’lishi kerak. U yuqori samarali, zo’ravonliksiz va oliyjanoblik bilan qo’llashi zarur.
O’qituvchini o’quvchilar timsolida barcha bolalarni hurmat qiluvchi shaxsni ifodalashi zarur. Hurmatni anglagan o’quvchida o’z shaxsi qimmatini sezish hislari vujudga keladi, pedagogik ta’sirga berilmayotgan qaysarlarni moyillashtiradi- ularni tarbiyaviy jarayon qatnashchilariga aylantiradi.
Hurmat qilish, ko’ngilni yaqin tutish, erkalatish talabchanlikni inkor etmaydi, balki aynan uni nazarda to’tadi. Bu o’rinda A.S.Makarenkoning: «Insonni iloji boricha ko’proq hurmat qilish va undan qattiqroq talab qilish prinsipiga amal qilish zarur. Bizning jamiyatda hurmat va talabchanlik o’zaro organiq holatda amalga oshiriladi».
O’qituvchining pedagogik taktga ega ekanligi, uning yurish-turishida, vazminligida, o’zini to’ta-bilishida namoyon bo’ladi va o’quvchiga ishonch bilan qarashni nazarda tutadi. O’quvchiga ishonchsizlik bilan qarash va buni har doim unga eslatish o’qituvchining pedagogik taktga ega emasligini bildiradi.
O’quvchilar va o’qituvchi o’rtasidagi ziddiyatlarni tahlil qilish natijasida uning asosiy sabablaridan biri o’qituvchining pedagogik taktga ega emasligi, deb topilgan. O’quvchining tashqi ko’rinishi, aqli, qobiliyatlarini qo’pol tanqid qilish, ular ustidan kulish, o’qituvchini hech qanday taktga ega emasligini belgilaridir. «Namuncha pittillaysan, taginda mix bormi?»-degan tanbehni ayrim o’qituvchilar odatdagidek ishlatishadi. G’azablangan o’qituvchi butun sinfga ayrim o’quvchi haqida, uni ko’chada uchratganda, kim bilan qanday yurganligini e’lon qiladi. Ko’p hollarda aynan shundan ziddiyatchilik boshlanadi.
Hurmat erkalash, talabchanlikni ham talab etadi. O’quvchiga munosabat ularning yosh xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga munosabatda o’qituvchi bolani quchog’iga olishi, boshini silashi, erkalab chaqirishi mumkin. Katta o’quvchilar bilan bunday holatga ayrim sharoitlarda yo’l qo’yiladi. O’spirinlar bilan bunday munosabatda bo’lishga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki ular o’zini katta, mustaqil kishi deb bilishadi.
O’qituvchining pedagogik takti darsda va undan tashqari ishlarda namoyon bo’ladi.
Darsdagi pedagogik takt. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarning asosiy sabablardan biri – bu o’qituvchining taktsizligidir deb aytib o’tdik. Ba’zi o’qituvchilar "nimaga jim o’tirolmaysan, tagingda mix bormi?" kabi ogohlantirishlarni normal holat deb hisoblashadi. Ba’zi o’qituvchilar darsga kirib o’quvchini ko’chada ko’rganligi kim bilan yurganligi va nima kiyinganini, ota-onasi qanday kishilaru, ular nima qilishayotganini kesatib aytib beradi. Ba’zan shundan qarama - qarshiliklar boshlanadi.
Nazokat (takt) darsning barcha bosqichlarida zarur. Ayniqsa, o’quvchilar bilimini baholash vaqtida bunga alohida e’tibor berish kerak. Javob berayotgan vaqtda gapni bo’lish "hech narsa bilmaysan", "bu gaplar nima uchun kerak?" kabi so’zlar bilan ularni to’xtatish mumkin emas. Ba’zi duduq o’quvchilar nazokatli o’qituvchi darsida yaxshi gapira olsa, taktsiz o’qituvchi darsida javob berishga qiynaladilar. Barcha o’quvchilar ularning javobini e’tibor va hurmat bilan tinglovchi o’qituvchiga javob berishni xoxlashadi. O’quvchi gapirayotganda o’qituvchi ularni quvvatlab, qarashi, mimikasi bilan ma’qullab turishi kerak. Javobni befarq tinglasa yoki mensimay e’tibor bermasa o’quvchi shu o’qituvchiga javob berishdan qochadi
Mohir o’qituvchilar hatto duduqlanib javob berayotgan o’quvchini kamchiligini to’g’rilab boradilar. Taktsiz o’qituvchida esa, hatto qobiliyatli bola ham duduqlanib javob berolmasligi aniqlangan.Barcha o’quvchilar, ularni diqqat va hurmat bilan tinglaydigan, javobni to’g’rilab, yo’llab turadigan o’qituvchiga javob berishni yoqtiradilar. Javob berayotgan o’quvchiga jilmayish, imo-ishora, bosh qimirlatish bilan ma’qullab turish juda ahamiyatlidir.
Nazokat o’quvchilarni baholash vaqtida juda muhim. Ba’zan o’qituvchi avval yaxshi javob bermagan o’quvchi yaxshi gapirib qolsa: "Sen meni hayron qoldirding, senga "4" baho qo’yishga majburman", - deydi. Aslida u o’qituvchi mvaffaqiyatidan mamnun bo’lishi kerak edi.
Ayniqsa, baho qo’yish payti nihoyatda mas’uliyatlidir. Bahoning psixologik ta’siri haqida B.G.Ananev: noto’g’ri qo’yilgan bahoning o’quvchiga salbiy ta’siri uch oygacha sezilib turishini aniqlagan. O’quvchilar faoliyatini baholashda V.A.Suxomlinskiy tajribasidan foydalanish juda e’tiborlidir. Uning baholash sistemasi asosan quyidagi asosda yaratilgan.
Bolaga funksional yondoshish emas, balki unga shaxs nuqtai nazaridan yondoshish (o’quvchi bo’lgandan keyin o’qib kelish kerakda, deb qarash noto’g’ri). «Mening o’quvchilarim, eng avvalo inson, bola, so’ngra esa o’quvchidir. Men unga qo’yadigan baho uning bilimlari o’lchovi emas, balki mening unga nisbatan insoniy munosabatimdir».
Baho o’quvchini kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashi zarur. U o’quvchi mehnatini rag’batlantirishi, lekin uning dangasaligi va qobiliyatsizligi uchun jazolash vositasi bo’lmasligi zarur.
Pedagogik takt o’qituvchi xulqining moslashuvchanligi - taktikani talab etadi. CHunki o’qituvchi bolalar oldida turlicha nazokatni talab qiluvchi turli rollarda chiqadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling