Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja

Baytdagi « sho‘xi badxo‘» iborasi e’tiborga sazovor. G‘azal sharhlovchilarining lug‘at va izohlarida «badxo‘» so‘zining «yomon odatli», «yomon fe’lli», «yomon qiliqli» kabi ma’nolari beriladi

Download 95.6 Kb.
bet4/8
Sana05.05.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1427075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
N.G\'azallari

Baytdagi « sho‘xi badxo‘» iborasi e’tiborga sazovor. G‘azal sharhlovchilarining lug‘at va izohlarida «badxo‘» so‘zining «yomon odatli», «yomon fe’lli», «yomon qiliqli» kabi ma’nolari beriladi.

Haqiqatan ham, bu so‘z fors tilidan olingan bo‘lib, «bad» – «yomon», «xo‘» – «fe’l-atvor» ma’nolarini anglatadi. Biroq, oshiqning muhabbatiga sazovor sevikliga nisbatan «badqiliq» sifati juda dag‘al tuyuladi. Agar yori chindan ham «badfe’l» bo‘lganida, Navoiy lirik qahramoni uni sevmagan bo‘lardi. Biz shoirning «sho‘x» so‘zini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoir ushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash ma’nosida qo‘llagan. Negaki, visolga va’da berib, o‘z vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmasligi, xolos.

Keyingi bayt mazmunini shoir «tajohuli orif» san’ati asosiga quradi. Yorning va’da qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorug‘ bo‘lganida, birov ko‘rib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan bo‘lsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorong‘u bo‘lganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod san’ati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (ro‘zg‘ori) esa qop-qorong‘u.

Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling