Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja

G‘azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyatini o‘rganish

Download 95.6 Kb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1427075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
N.G\'azallari

3.G‘azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyatini o‘rganish.

  • 3.G‘azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyatini o‘rganish.
  • Tugallanma baytda shoir may obraziga murojaat etadi. Lirik qahramonni hijronzada ko‘ngil uyini boda bilan shod-xurram etishga chorlaydi. Nima uchunkim, ko‘ngil uyi shod-xurramlik bilan obod ekan, unga qayg‘u yaqin yo‘lay olmaydi. Bu o‘rinda boda mayparastlikni ifodalamaydi, albatta. U qayg‘uga qarshi shodlik ramzi, tazod unsuri sifatida qo‘llangan.

Xulosa qilib aytganda, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali Navoiy lirikasining shoh asarlaridan biridir. G‘azalning «Munojot» kuyi bilan ashula qilib aytilishi xalqimizning eng sevimli asarlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Munojotning mungli navosi Navoiyning hazin navosi bilan shu qadar bir-biriga mos tushib, uyg‘unlashib ketganki, ashula mahoratli maqom ustasi, xalqimizning suyukli xonandasi Bertaxonim Davidova tomonidan birinchi marta radio orqali ijro etilganida, shaharu qishloqlardagi radiokarnaylardan yangraganida, yurib borayotgan odam borki, to‘xtab, vujudlari quloq bo‘lib tinglagan.

Hatto, ashulaning nomi ham «Munojot»ga aylanib ketgan. Keyinchalik bu ashulani Yunus Rajabiy, Orif Alimaxsumov, Muhammadjon Karimov, Munojot Yo‘lchiyeva, Mahmudjon Tojiboyev singari mahoratli hofizlarimiz ham qiyomiga yetkazib kuylaganlar. Umuman, musiqiy savod chiqargan biror san’atkor borki, bu ashulani ijro etmay qolmagan, desak mubolag‘a bo‘lmas. Shu boisdan, xalqimizning birorta nazm va navo davrasi, to‘y va boshqa tadbirlari «Munojot» ashulasi navolarisiz o‘tmaydi. G‘azalning musiqiy talqini undagi dard va mazmunni ming chandon oshirib yuborgan hamda asarning mumtozu mashhur bo‘lishiga omil bo‘lgan.

Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling