Navoiy innovatsiyalar instituti I kurs IV guruh talabasi Ruziyeva Xurshida Eshqulovnaning “Mutaxassislikka kirish matematika fani” dan taqdimoti


Download 1.33 Mb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1194298
  1   2
Bog'liq
1-sinfda matematika o\'qitish maqsad va vazidalari

Navoiy innovatsiyalar instituti I kurs IV guruh talabasi Ruziyeva Xurshida Eshqulovnaning “Mutaxassislikka kirish matematika fani” dan taqdimoti

1- sinfda matematika o’qitishning mazmuni va tuzilishi


Mavzu
Boshlang’ich matematika kursi maktab matematika kursining tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang’ich matematikani muvofaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi.
Shuni ta`kidlash kerakki,amaldagi boshlang`ich matematika programmasi strukturasi va mazmuni bo`sh joyda yaratilmaydi , balki tradission programmalardan to`plangan boy metodik merosdan va o`qituvchilarning ilg`or tajribasidan kelib chiqib, o`qitishning traditsion sistemasi bilan ma`lum izchillikni saqlagan holda yaratildi.
Matematika o’qitishning mazmuni va tuzilishi
Ma`lumki,o`quv predmeti ilgarigidek ”arifmetika”emas, balki ”matimatika”deb ataladi. Fan nomining bunday o`zgartirilishi bejiz emas:bu o`zgarish o`zida mazkur o`quv predmetining mazmuni va strukturasi o`zgarishini aks ettiradi. Matematika programmasining asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib, bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo’shilib, son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushinchalarning yuqoriroq darajada o’zlishtirishga imkoniyat beradi .
Shunday qilib ,boshlang’ich matematika kursi o’z struktursi bo’yicha uch fanni o’z ichiga olgan butun kursdir,unda arifmetik va geometrik materialdan iborat qismlarni farq qilish kerak..
Zaruriy umumlashtirishlarni shakillantirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlariga mazmuningina emas,balki o’quv materialini joylashish sistemas ham javob beradi .O’quv materiali Dasturda yo chiziqli,yiki konsetrik joylashishi mumkin.
Chiziqli tuzilish deyilganda programmada materialning shunday joylashishi tushiniladiki,u bolimlarning mantiqiy ketma-ketligiga asoslangan bo’lib ,ilmiy kurslarda qabul qilishgan. .Arifmetikaga nisbatan chiziqli qurilish bunday bo’lishi mumkin :ko’p xonali sonlarni no’merlash ,qo’shish,ayirish, ko’paytirish va bo’lish. Boshlang’ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi saqlanadi.Ammo amaldagi Dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan:o’nlik,yuzlik, minglik,ko’p xonali sonlar.Shuni ham aytish kerak material shunday qayta guruppalashganki,unda o’zaro bog’langan tushunchalar,amallar,masalalarni taqoslash,qarshi qo’yish va solishtirish, qaralayotgan faktlarning o’xshash va
farqli tomonlarini aniqlash ,ular orasidagi mavjud
bog’lanishlarni ochish imkonini beradi.
Nazariyaga katta e’tibor berish va kursni ratsionalroq tuzish tufayli uning muhim bo’limlarini o’rganishni soddalashtirish imkoniga ega bo’linadi.Bu,masalan,1-sinfda 100 ichida qo’shish va ayirish usullari ustida ishlashga
Asosiy xossalaring har biri to’plamlar yoki sonlar ustida amaliy operatsiyalar bajarish asosida ochib beriladi,buning natijasida o’quvchilar umumiylashtirishga kelishlari kerak.Xossalarni o’zlashtirirish uchun kursda maxsus mashqlar sistemasi nazarda tutiladi,ammo xossalarning qo’llanishining bosh sferasi ular asosida hisoblash usullarini ochib berishdan iborat arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o`rganish bilan bir vaqtda arifmeti amallar natijalari bilan kompanentlari orasidagi bog`lanishlar ochib beriladi(masalan,agar yig`indidan qo`shiluvchilardan biri ayrilsa ikkinchi qo`shiluvchi hosil bo`ladi)kompanentlarning o`zgarishi kuzatiladi.Programmada hisoblashlarning og`zaki usullari bilan bir qatorda yozma usullarga ham katta e`tibor beriladi.
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4;6=1+5;2<3;6+1>5;8-3<8-2 va h.) qaraladi,ular konsentrdan konsentrga o’tgan sari murakkablashib boradi.Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bog’lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi.Shu yerning o’zidayoq soddaroq ko’rinishdagi x+3=6;8-x=3 h.k.tenglamalar boshlanadi.
1-sinfdan boshlab Dasturga geometrik figuralar –to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’p burchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va egri chiziqlar , kesmalar, ko’p burchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va h.k. kiritilgan.
O’quvchilar geometrik figuralani tasavvur qila olishni , ularni atashni va katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak .Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak peremetrini, to’g’ri tortburchak, kvadrat va umuman har qanday figuralarning yuzini (paletka) yordamida topish masalasini egallab olishlari kerak.
O’quvchilar geometrik figuralani tasavvur qila olishni , ularni atashni va katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak .Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini,ko’pburchak peremetrini, to’g’ri tortburchak,kvadrat va umuman har qanday figuralarning yuzini (paletka)yordamida topish masalasini egallab olishlari kerak .
Masalalar shunday mashqlarki ,ular yordamida eng avvalo boshlang’ich matematika kursining ko’pgina masalalari ochib beriladi.Masalan ,masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning amallar xossalarining, arifmetik amallar natijalari bilan komponetlari orasidagi bog’lanishlarning va hakozolarning konkret mazmunlari ochiladi. Dasturga berilgan ’’Tushuntirish xati’’da shunday deyiladi: ’’Natural sonlar va nol arifmetikasini o’rganish maqsadga muuvofiq masalalar sistemasi va amaliy ishlar asosiga quriladi . Bu har bir yangi tushunchani shakillantirish har doim u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanishini ,bu masalalar tushunchaning ahamiyatini tushuntirishga yordam berishni uning qo’llanishni talab qilishni bildiradi’’.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling