Navoiy innovatsiyalar instituti


 TA’LIMOTLARNING PAYDO BO‘LISHI VA


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1272679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NII-2022-1

1.2. TA’LIMOTLARNING PAYDO BO‘LISHI VA 
RIVOJLANISHI JARAYONLARI 
 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda ma’lum davrlash 
tizimidan foydalaniladi. Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda 
iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, 
ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalar ular tushuntirib 
berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; 
dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga 
to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib 
turishlari kerak» deb yozgan edi. 
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy 
g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. 
Ularning barchasini to‘la o‘rganish alohida bob, maxsus muammo. Shu 
maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil 



etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi 
sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni 
ma’lum tizimga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. O‘tgan davr 
hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma- 
zo‘raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni yuzaki 
zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor 
etishga olib keladi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fan sifatida tarixning rivojlanish 
turkumlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
− alohida mamlakat va hududlarning iqtisodiy rivojlanish davrlari; 
− jahon iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotigacha bo‘lgan davri; 
− bozor munosabatlari rivojlanayotgan davr; 
− ijtimoiy yo‘naltirilgan va nazorat qilinadigan jahon iqtisodiyoti 
davri; 
− zamonaviy davr. 
Xo‘jalik rivojlanishining davriy tarixi B.Gildebrand bo‘yicha 
quyidagicha: 
− natural xo‘jalik davri (m.a. XII asr yarmi). Savdo hali 
rivojlanmagan, xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasida barter munosabatlari 
davri; 
− pul xo‘jaligi (milodiy XII-XVIII asrlar). Tovar almashinuvi 
murakkablashgan davr; 
− kredit xo‘jaligi (XIX asr o‘rtalarida to hozirgacha) tovar 
almashinuvi geografik chegaralanmagan, savdo va kredit nihoyatda faol 
davr. 
K.Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy 
tarix davrlari: 
- ibtidoyi jamoa davri (m.a.VI asr); 
- quldorlik davri (m.a.V asr va milodiy VI asr) 
- feodal davr (VI – XVIII asrlar); 
- kapitalistik davr (XIX asrdan XX asrgacha); 
- kommunistik davr (XX asr). 
Tarixiy xronologik nazariya bo‘yicha: 
− eski zamon (m.a. 223-8 asrlar) insonlar ko‘chmanchilik, ovchilik 
va terimchilik mehnati bilan shug‘ullanishi; 



− antik davr (m.a. V asrdan to milodiy VIII asrlar) quldorlik 
rivojlanishi va yerlarga xo‘jalik, savdo rivojlanishi; 
− o‘rta asr (milodiy V va XVI asrlar) davlat va iqtisodiy 
munosabatlarning faol rivojlanishi; 
− renessans davri (XVI-XVIII asrlar) buyuk ixtirolar davri; 
− buyuk ochilishlar davri (XVIII asrning 1-choragi va o‘rtalari) 
dunyoda yangi davlatlar ochilishi; 
− erkin raqobat davri (XVII asrning ikkinchi yarmi XIX asr oxirlari) 
bozor mexanizmlarining faollashuvi, ishlab chiqarish revolyutsiyasi 
bilan bog‘liq; 
− monopolik raqobat davri (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning 
o‘rtalari) ishlab chiqarishning murakkablashuvi va kapitalning 
kengayishi; 
− ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot (XX asr yarmidan hozirgacha) 
har bir shaxsning iqtisodiy shakllanishi davri. 
Ibtidoiy jamoa davri quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
− poleolit (m.a. 400-40 asrlar) jamiyat to‘da bo‘lib yashashi, yig‘im 
terim va ovchilik bilan shug‘ullanishi; 
− mezolit (m.a. 40-14 asrlar) ovchilik anjomlarining rivojlanishi, 
junlarni qayta ishlash, baliq ovlash, to‘da o‘rniga ibtidoiy jamoa 
shakllanishi; 
− neolit davri (m.a. 14-10 asrlar) dehqonchilik rivojlanishi, uy 
hayvonlarini vujudga kelishi, hunarmandchilik va ijodiyotning 
rivojlanishi, o‘troq hayot kechirishi; 
− ilk temir davri (m.a. 10-5 asrlar) mehnat qurollari, dehqonchilik, 
barter rivojlanishi. 
Bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: 
− o‘troq hayot kechirishni tanlash; 
− qishloq xo‘jaligining vujudga kelishi; 
− aholining ko‘payishi; 
− birinchi shaharlar vujudga kelishi. 
Jahon iqtisodiyotning rivojlanish davrlarini esa quyidagi davrlar 
bilan bog‘liq: 
− genezis (1880–1940-yillar) xo‘jalik munosabatlari inqirozli 
davri; 


10 
− shakllanish (1950–1970) kolonial tizimning buzilishi va 
rivojlangan mamlakatlarning vujudga kelishi (dunyo kapitalizm va 
sotsializmga bo‘linishi) 
− rivojlanish (1980–1990) mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy munosa- 
batlar keng tarmoq olishi davri. 
Shuningdek, barcha mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlangan, 
o‘tish davri va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘linadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling