Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari (2 soat)


Download 4.82 Mb.
bet235/277
Sana23.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1795370
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   277
Bog'liq
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022

10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari (2 soat)
10.1.Korxona daromadlari
10.2. Korxonaning foydasi, uni taqsimlash
10.3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
10.4. Korxona rentabelligi
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chikarilayotgan maxsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud.
Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.
Mehnat unumdorligi-inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.



bu erda:
Mu – mehnat unumorligi;
Q - maxsulot xajmi qiymat ko‘rinishida;
Is - ishchilar soni.

Maxsulotning mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.



Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi va fond kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

bu erda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital ko‘yilmalarni anglatadi.

Fond kaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi kanchalik past bo‘lsa, mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond kaytimini ko‘paytirishning muhim zaxirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.

Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.





bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad soliklari va boshqa solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.


bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Foyda olishning asosiy manbalari:
"korxonani maxsulotning u yoki bu turini ishlab chiqishdagi monopoliya xolati yoki maxsulotning nodirligi xisobiga shakllanadi;
"ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, bozor konyunkturasini bilish xamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda miqdori korxonaning maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, maxsulotlarni sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq.
"korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chikib, texnologiyalarni takomillatirish, ishlab chikarilayotgan maxsulotlarni yangilash, raqobatbardoshliligini ta`minlash, sotish xajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Xarajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir. YAngi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish, ilg‘or materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Rentabellik - xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vakt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Korxona rentabelligi olingan foydani kilingan sarflarga takkoslash orkali aniklanadi va u foizlarda o‘lchanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir kancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga kuyidagilar kiradi:
" sotish rentabelligi;
" asosiy faoliyat rentabelligi;
" xususiy kapital rentabelligi;
" asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;
" permanent kapital rentabelligi;
" aylanma kapital rentabelligi;
" karzga olingan kapital rentabelligi;
" real asosiy kapital rentabelligi;
" investirlangan kapital samaradorligi.

Asosiy faoliyat rentabelligi- ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va kuyidagicha ifodalanadi






Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling