Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
Download 4.82 Mb.
|
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsern
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Nizom jamg‘armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Xissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida zarar ko‘rishlari mumkin. Xissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aksiyalarga taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aksiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazifalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi. Konsorsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Download 4.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling