Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


- mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha aniq yo‘riqnomalarning aniq punktlari


Download 113.04 Kb.
bet14/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

- mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha aniq yo‘riqnomalarning aniq punktlari;
- ishlarni xavfsiz bajarishning xarita va loyihalari;
- ijrochi imzo qo‘yib tanishgan va ish joyida mavjud bo‘lgan instruktaj dasturlari hamda boshqa me’yoriy yo‘l-yo‘riq beradigan hujjatlar.
23. Topshiriq beruvchi rahbar (smena bo‘yicha katta) texnologik smenaning ishchilariga beradigan yozma topshirig‘ida ishlarning aniq uchastkasi va xizmat ko‘rsatadigan uskunani ko‘rsatishi, kelgusidagi ishlarni amalga oshirishning xavfsiz uslublari bo‘yicha instruktaj o‘tkazishi, ijrochilarga mehnatning o‘ziga xos sharoitlari hamda xizmat ko‘rsatadigan uskunaning holati, oxirgi topshiriqni bergandan buyon amalga oshirilgan vaziyat va mehnat sharoitlaridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishi kerak.
24. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishga topshiriq Topshiriqlar jurnaliga yozma ravishda beriladi. Bunda, “Ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar” ustuniga quyidagicha havola qilinadi: “Ishlar ___________ dagi ______ -sonli naryad-ruxsatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi”.
25. Topshiriqlar jurnaliga qaydlar qora, ko‘k yoki binafsha rangdagi siyoh bilan aniqlik va tushunarlilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Topshiriqlar jurnalida tuzatishlar, ishqalab o‘chirishlar, bo‘yalishlar bo‘lishi taqiqlanadi. Yozuv noto‘g‘ri amalga oshirilganda, topshiriq beruvchiga “noto‘g‘ri yozuv” belgisini, imzo va sanani qo‘ygan holda, noto‘g‘ri yozuvning ustidan ehtiyotkorlik bilan chiziq tortib o‘chirishga ruxsat beriladi, shundan keyin yangi yozuv amalga oshirilishi kerak.
Topshiriqlar jurnali raqamlangan, shnurlangan va muhr bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak. Topshiriqlar jurnalining titul varag‘ida bo‘linma, sexning (uchastka, xizmatning) nomi, boshlanish va tugatilish sanalari qo‘yilgan bo‘lishi kerak (tugatilish sanasi kitobni saqlash uchun arxivga topshirilayotgan vaqtda qo‘yiladi).
26. Topshiriq amalga oshirilgandan keyin ishlar mas’ul ijrochisi (agar ishchilar zvenosiga bitta topshiriq berilgan bo‘lsa) yoki ishlar ijrochisi (agar topshiriq bir nafar ijrochiga berilgan bo‘lsa) topshiriqning amalga oshirilganligi (amalga oshirilmaganligi) to‘g‘risida topshiriq bergan bevosita rahbarga xabar berishi va topshiriqlar jurnaliga ishlarning tugatilganligi to‘g‘risida yozuv kiritishi kerak.



Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling