Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Avariya yuzaga kelgan holda dispetcher


Download 113.04 Kb.
bet13/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

17.10. Avariya yuzaga kelgan holda dispetcher (smena boshlig‘i) konning (shaxtaning) bosh muhandisi kelguncha avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar mas’ul rahbari vazifasini bajaradi. Bunda u berilgan naryadlarni yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda kon ustalari hamda uchastka va xizmatlar boshliqlarini xabardor qilgan holda to‘liq yoki qisman to‘xtatish va bekor qilishga haqli.
17.11. Smena oxirida smenani topshirayotgan kon ustasi, smenani qabul qilayotgan ustaga (smena boshlig‘iga, dispetcherga, birinchi smenada esa, uchastka boshlig‘iga ham) naryadning amalga oshirilishi, ish joylaridagi ishlarning holati, uskuna va mexanizmlarning ahvoli, kon-geologik sharoit to‘g‘risidagi to‘la-to‘kis ma’lumotlarni berishga majbur va shundan keyin Naryadlarni berish kitobiga hisobotni yozma ravishda rasmiylashtirishi kerak.
17.12. Smena tugagandan keyin kon ustasi o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlarning va naryadga yozilgan chet xodimlar orasidagi shaxslarning ochiq kondan (shaxtadan) chiqishlarini ta’minlashi va nazorat qilib turishga majbur. Ulardan kimdir chiqmay qolgan holatda, kon ustasi dispetcherni (smena boshlig‘ini) xabardor qilishi va birgalikda zudlik bilan xodimni axtarishni tashkillashtirishi shart.


IV. Topshiriq (smena topshirig‘i) bo‘yicha ishlarni bajarish.


18. Topshiriqlar (smena topshiriqlari) bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga, naryad bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga mos tushmaydigan ishlar kiradi.
19. Ishlarni bajarishga yozma topshiriqlar tegishli topshiriqni bergan rahbarning va ishlar ijrochilarining qayd va imzolari bilan Topshiriqlar jurnalida (3-ilova) rasmiylashtiriladi.
20. Topshiriq beruvchi topshiriqlarni ijrochilarga berishdan oldin ish joyida ijrochilar tomonidan bajariladigan ishlarni xavfsiz amalga oshirish mumkinligi, ishlarni amalga oshirishda xodimlarning sog‘ligini yo‘qotishlari yoki shikastlanishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan zararli va xavfli omillarning mavjud emasligiga (ish joyini shaxsan borib ko‘rib yoki unga smenani topshirayotgan rahbardan yoki bevosita rahbariyatdan, ularda shunday ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, axborot olib) ishonch hosil qilishi shart. Ish joyida shunday omillar mavjud bo‘lganda topshiriq beruvchi bajariladigan ishlarni ijrochilar tomonidan xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun kerakli qo‘shimcha tashkiliy, texnikaviy chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Bajariladigan ishlarni xavfsiz amalga oshirishni ta’minlash mumkin bo‘lmaganda yoki noaniq bo‘lganda, topshiriq beruvchi ushbu ishlarni amalga oshirishni tashkillashtirishni to‘xtatishi va bajariladigan ishlarni amalga oshirishning xavfsiz usullari imkoniyatlariga aniqlik kiritish maqsadida o‘zining yuqori turuvchi rahbariyatiga murojaat qilishi kerak.
21. Topshiriq beruvchi rahbar topshiriqlarni berishda quyidagilarni aniqlaydi va topshiriqlar jurnaliga rasmiylashtiradi:
- ishlarni boshlashning sanasi, vaqti;
- ishlarni bajarish joyi;
- topshiriqning mazmuni va topshiriqning alohida operatsiyalarini amalga oshirishning ketma-ketligi;
- ishlar mas’ul ijrochisining familiyasi, ismi-sharifi (zvenodagi ro‘yxat bo‘yicha birinchi), unga bo‘ysunuvchi zvenoning (ijrochilarning) tarkibi, ularning kasblari va razryadlari;
- topshiriqning barcha operatsiyalarini xavfsiz amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar.
Ishlar mas’ul ijrochisi (ro‘yxat bo‘yicha birinchi) ishni bajaruvchilarga nisbatan yuqoriroq malaka va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlar mas’ul ijrochisi o‘zining va unga bo‘ysunuvchi brigadaning (zvenoning) xavfsizlik talablariga rioya qilishlariga javobgar bo‘ladi.
22. Topshiriqni beruvchi ijrochilarga yozma topshiriqni berish va rasmiylashtirishda, mas’ul ijrochi va ishlar ijrochilariga kelajakdagi ishlarni amalga oshirishning xavfsiz uslublari bo‘yicha instruktaj o‘tkazishi shart, ulardan o‘tgandan keyin mas’ul ijrochi va ishlar ijrochilari kelajakdagi ishlarni amalga oshirishning xavfsiz uslublari bo‘yicha instruktajdan o‘tganliklari va topshiriqni olganliklari to‘g‘risida jurnalga imzo qo‘yishlari kerak. Instruktaj o‘tkazilgandan keyin “Ishlarni amalga oshirishning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” ustuniga quyidagicha havolalar qilishga ruxsat etiladi:

Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling