Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Download 113.04 Kb.
bet2/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

Topshiriq – bu Topshiriqlar jurnaliga yozma rasmiylashtirilgan, bevosita rahbar tomonidan ijrochilarga (brigadaga, zvenoga, alohida xodimga) berilgan, ishlarning (smenaning) mazmuni, boshlanish va tugash vaqtlarini, ishlarning bajarilish joyi, ijrochilarning tarkibi, ularning kasblari hamda razryadlarini, ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni belgilab beradigan amalga oshiriladigan ishlarni bajarish tartibi. Topshiriq bir martalik xarakteriga ega va u bo‘yicha ishlarning davomiyligi ijrochilarning ish kuni (smenasi) bilan cheklanadi.
Ishlarga rahbarlik – bo‘linma rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan ishlarning tartibi, hajmini, ijrochilarni, xavfsizlik choralarini aniqlashni va ijrochilarga naryadlar yoki topshiriqlar, boshqa og‘zaki yoki yozma boshqarish ko‘rsatmalarini berish yo‘li bilan amalga oshiriladigan ijrolarni nazorat qilishni o‘z ichiga olgan, rejalarni amalga oshirishni tashkil qilish bo‘yicha harakatlar tizimi.
Ishlar rahbari – unga lavozim yo‘riqnomasi yoki bo‘linma rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan yuklatilgan majburiyatlari, huquqlari va javobgarligiga muvofiq, ishlarga yoki ishlarning alohida turlariga rahbarlikni amalga oshiruvchi rahbar yoki mutaxassis (muhandis-texnik xodim).
Ishlar rahbarlari naryad yoki topshiriq beruvchi rahbarlarga va naryadlarni ijroga qabul qiluvchi rahbarlarga bo‘linadi.
Ushbu naryad tizimini, egallab turgan lavozimi hajmidagi boshqa Qoidalar va normativ hujjatlarni bilishi tekshiruvidan o‘tgan hamda bo‘linma rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan ishlarga rahbarlikka qo‘yilgan muhandis-texnik xodimlar naryad yoki topshiriq beruvchi, shuningdek naryadni qabul qiluvchi rahbarlar bo‘lishlari mumkin.
Ishlar mas’ul ijrochisi – brigada, zveno yoki guruhda katta etib tayinlangan eng malakali ijrochi. Naryad yoki topshiriqni amalga oshirishda band bo‘lgan ishchilarni ish joylari bo‘yicha joylashtiradi, ularning o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkillashtiradi, ular tomonidan xavfsizlik choralariga rioya etilishini nazorat qiladi, ishlar rahbari yoki naryad yoxud topshiriqni bergan shaxs bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling