Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Download 113.04 Kb.
bet4/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

I. Umumiy qoidalar


1. Naryad tizimining asosiy maqsadi NKMKning tuzilmaviy bo‘linmalarida amalga oshiriladigan konchilik (ochiq va yer osti), geologiya-qidiruv, geotexnologik, qurilish, gidrometallurgiya va boshqa ishlarga rahbarlikda aniqlik hamda amaliy nazoratni ta’minlash hisoblanadi. Xodimlarning majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini tartibga solish, texnologik, mehnat intizomlarini saqlash hamda ishlarni unumli, sifatli, samarali va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash.
Mazkur Naryad tizimi talablariga rioya etilishini nazorat qilishni vakolatli Davlat nazorat organlari (O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat texnika inspeksiyasi va boshqalar) amalga oshirishi mumkin.
2. Mazkur Naryad tizimining amal qilishi kombinatning barcha tuzilmaviy bo‘linmalariga tarqatiladi hamda rahbarlik va ijro uchun majburiy hisoblanadi. Naryad tizimi tegishli xavfsizlik qoidalari bilan aniqlangan maxsus shakldagi naryadlar qo‘llaniladigan ishlarga (elektr qurilmalardagi ishlar, gazga xavfli ishlar va boshqalarga) tarqatilmaydi.
3. Naryad tizimi bilan ishga jalb qilingan shaxslarning majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklari xodimlarning ish beruvchi bilan tuzgan mehnat shartnomalari, ishchi, lavozim, ishlab chiqarish va texnologik yo‘riqnomalar, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, radiatsiya, ekologik va sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi hamda sanoat sanitariyasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
4. Bo‘linmalar rahbarlari ushbu Naryad tizimi asosida, ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiq uning ayrim qoidalarini aniqlashtiradigan, lekin ushbu Naryad tizimiga zid bo‘lmagan ichki ko‘rsatmali-boshqaruv hujjatlarni (yo‘riqnomalar, buyruqlar, farmoyishlar va shu kabilar) ishlab chiqishga haqlidir.
Bunda quyidagilar hisobga olinish kerak:
- ishlab chiqarish jarayonlarini yuritishning texnologiyasi va xususiyatlari;
- shtatlar jadvali;
- ham bo‘linma ichidagi, ham kon boshqarmasi darajasidagi ishlab chiqarish, kommunikatsiya va transport aloqalari.
5. Barcha turdagi transport vositalari: texnologik, maxsus, ixtisoslashgan, kon-transport mashinalari, yo‘l-qurilish mexanizmlari, yordamchi transport va boshqalarning haydovchilari (mashinistlari) yo‘l yoki marshrut varaqasi bo‘yicha ishlaydilar.
6. Temir yo‘l transportining lokomotiv brigadalari uchun ishlarni xavfsiz amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” (O‘zDavtemiryo‘lnazorat) tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ-texnikaviy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
7. Yengil, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor texnikasi haydovchilari uchun ishlarni xavfsiz bajarish tartibi avtotransport bo‘linmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq ishlab chiqilgan yo‘l varaqalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Naryad tizimining mazmuni mehnat va moddiy resurslari hamda xarajatlari hajmlarini qattiq tartibga solish, shuningdek ishlarni amalga oshirishda rahbarlar va ijrochilarning majburiyatlari, huquqlari hamda javobgarliklarini taqsimlash, ishlarni amalga oshirishga naryad va topshiriqlarni berish, ularning to‘g‘ri va xavfsiz amalga oshirilishini nazorat qilish, bajarilganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni qabul qilish tartibini tartibga solishdan iborat.

Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling