Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi
Download 113.04 Kb.
|
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2. Naryadni rasmiylashtirish: 16.2.1.
III. Ishlarni bajarishga naryad
16. Naryadni tayyorlash: 16.1. Naryad beruvchi rahbar, shaxsan ko‘rish yo‘li bilan yoki oldingi smena ishlar rahbari va (yoki) ijrochilarning og‘zaki ma’lumotlari, yozma hisobotlari hamda tezkor-dispetcher xizmatining ma’lumotlaridan olingan ish joylari va ishlab chiqarish jarayonlarining holati to‘g‘risidagi axborotlar asosida ishlab chiqarishning vaziyatini baholaydi, naryad bo‘yicha kelgusi ishlarni xavfsiz amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlaydi hamda ishlarning hajmini, ketma-ketligi va amalga oshirish muddatlarini hamda ishlar uchun kerak bo‘ladigan materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar, individual va jamoaviy himoya vositalarini belgilaydi. 16.2. Naryadni rasmiylashtirish: 16.2.1. Naryad beruvchi rahbar naryadni 1-ilovadagi shakl bo‘yicha yozma ravishda rasmiylashtiradi. Naryadning mazmuni qisqa va tushunarli bo‘lishi, ishlar ularning amalga oshirilishi ketma-ketligi tartibida yozilishi kerak.* 16.2.2. Ishlarni tashkillashtirishning pasportlari yoki loyihalarida yoxud o‘xshash mazmun va vazifalardagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa hujjatlarda ko‘zda tutilgan ishlarni bajarishga naryadlarni, ushbu hujjatlarga havola qilgan holda, ishlar va xavfsizlik choralarini batafsil yoritib o‘tirmasdan berishga ruxsat etiladi. Ishlar rahbarlari va ijrochilari mazkur hujjatlar bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtirilishi kerak. 16.2.3. Naryadlar Kitobiga yozish qora, ko‘k yoki binafsha rangdagi ruchkalar bilan aniqlik va tushunarlilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Naryadlar Kitobida tuzatishlar, ishqalab o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qayd noto‘g‘ri amalga oshirilganda, naryad beruvchiga “noto‘g‘ri yozuv” belgisini qo‘ygan holda, imzo va sana qo‘yib noto‘g‘ri yozuvning ustidan ehtiyotkorlik bilan chiziq tortib o‘chirishga ruxsat beriladi, shundan keyin yangi yozuv amalga oshirilishi kerak. Naryadlar Kitobi raqamlangan, shnurlangan va muhr bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak. Naryadlar Kitobining titul varag‘ida bo‘linma, sexning (uchastka, xizmatning) nomi, boshlanish va tugatilish sanalari qo‘yilgan bo‘lishi kerak (tugatilish sanasi kitobni saqlash uchun arxivga topshirishda qo‘yiladi). 16.2.4. Naryadda uchastkada smena davomida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ishlar, shu jumladan boshqa uchastka va xizmatlarning xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 16.2.5. Naryaddagi ishlarning hajmlari mehnatning amaldagi me’yorlaridan kelib chiqqan holda, ular bo‘lmaganda esa, o‘xshash ishlar bo‘yicha ularni o‘tkazishga ketgan vaqtning sarflanishi asosida o‘rnatilishi kerak. 16.2.6. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishga naryad naryadlarni berish Kitobiga yozgan holda beriladi. Bunda, “Ishlarning xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar” ustuniga “Ishlar “____” ___________ dagi _______ -sonli naryad-ruxsatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi” degan havola kiritiladi. Download 113.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling