Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Ishlar ijrochisi (brigada a’zosi) –


Download 113.04 Kb.
bet3/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

Ishlar ijrochisi (brigada a’zosi) – naryad (topshiriq) bo‘yicha mustaqil yoki brigada (zveno, guruh) tarkibida ishlarni bevosita amalga oshiruvchi shaxs.
Naryadlarni kelishish – vaqt va makon bo‘yicha birlashtirishga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan yoki yuqori xavf bilan avariya holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bo‘lgan ishlarni bajarishning tartibi va ketma-ketligini aniqlash, shuningdek potensial xavfli joylardagi (zararli va xavfli omillarning doimiy ta’siri bo‘lgan joylardagi) ishchilarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatda, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun ularning joylashgan o‘rnini aniqlashtirish jarayoni.
Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar – amalga oshirilishida ishchilar yoki atrofdagi shaxslarning jarohatlanishi, zaharlanishi yoki nurlanishi xavfi yuqori bo‘lgan hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladigan ishlar. Ushbu ishlar NKMK bo‘linmalarida yuqori xavfi bo‘lgan ishlarni bajarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq naryad-ruxsatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
Joriy ishlarni bajarish – xodimlar tomonidan mustaqil ravishda yozma naryad yoki topshiriq olmasdan amalga oshiriladigan ishlar.
Maxsus ishlar – xodimlardan maxsus tayyorgarlik va bilimlarni talab etadigan, maxsus uskuna va individual himoya vositalarini qo‘llash sharoitlarida amalga oshiriladigan, texnikaviy nazorat shaxslari tomonidan doimiy nazorat ostida bo‘lgan ishlar (g‘avvoslik, portlatish, baland joylarga chiqish va boshqalar).
Avariya-qutqarish ishlari – avariyalarni mahalliylashtirish va bartaraf etish rejalari hamda xodimlarning avariya holatlaridagi harakatlari bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladigan, hodisa sodir bo‘lgan kuni naryad yoki topshiriqni yozma ravishda rasmiylashtirishni talab etmaydigan odamlarni qutqarish, boshlang‘ich bosqichida avariyalarni mahalliylashtirish va bartaraf etish bo‘yicha ishlar.
Texnikaviy nazorat shaxsi – bu mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar talablariga rioya qilinishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan bo‘linmaning (sex, xizmat, uchastkaning) rahbarlari yoki mutaxassislari.



Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling