Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti “konchilik ishi” kafedrasi


Qazib yuklovchi kon qazish mashinalarining ish jarayoni tasvirlangan pasportni tuzish


Download 0.97 Mb.
bet10/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1388457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
sunnat37 jj

Qazib yuklovchi kon qazish mashinalarining ish jarayoni tasvirlangan pasportni tuzish.

Kon qazish mashinasining pasportini tuzish 1:200 yoki 1:500 masshtabli plan yoki profildagi zaboyning tasvirlashdan boshlanadi. Portlatilgan kon massasi uyumidan qazib olish jarayoni pasportini tuzishda eng avvalo portlatilgan kon massasi uyumini aniqlash lozim:


B = Kz Kv Nu + (np – 1)b, m,
bu yerda: Kz – sekinlashish oralig‘iga bog‘liq bo‘lgan portlatilgan tog‘ jinsini uloqtirish masofasi koeffitsienti.



τ, ms

10

25

50

75

Kz

0,95

0,9

0,85

0,8

Kv – tog‘ jinsini portlanuvchanligini xarakterlovchi koeffitsient (yengil, o‘rta va qiyin burg‘ulanuvchi tog‘ jinslariga mos ravishda Kv=2; 2,5; 3,0); np –portlatiladigan qatorlar soni; b – qatorlar orasidagi masofa, m; q – PM ning solishtirma sarfi, kg/m3; Nu – pog‘ona balandligi, m.


Portlatilgan kon massasi uyumi bo‘yicha qazib o‘tish yo‘lagi sonini aniqlash uchun portlatilgan kon massasi uyumi kengligini qabul qilingan kon qazish mashinasining qazib o‘tish kengligia bo‘lish kerak. Bunda portlatilgan kon massasi uyumi bo‘yicha zaxodkalar soni butun son chiqishi uchun, qazib o‘tish kengligini ham butun holda olinadi. Shundan so‘ng, kon qazish mashinasining ishlashi tasvirlangan pasportda zarur hollarda birinchi, ikkinchi va uchinchi zaxodkalarni ham tasirlash mumkin.
Zaboyning plan va profildagi tasvirida Rchu ga teng bo‘lgan o‘rta zaxodka uchun ekskavatorning harakatlanish o‘qi tasvirlanadi. Bunda o‘rta zaxodkaning tashqi qismi (0,5…0,7) Rchu.ga teng bo‘ladi. Xuddi shu kabi tasvirlar qisqa va keng zaxodkalar uchun ham bajariladi. Shundan so‘ng, xuddi shu pasportda o‘sha masshtab bo‘yicha ekskavator va transport vositasi kiritiladi, pog‘ona balandligi o‘lchamlari, zaxodka kengligi va yuklash radiuslari ko‘rsatiladi.
Ilovalarda tog‘ jinslarini massiv (31, 32 ilovalar) va portlatilgan kon massasi uyumi (31,33 ilovalar) dan mexanik kuraklar yordamida qazib olish pasportlari namuna sifatida keltirilgan. Tog‘ jinslarini avtomobil transportiga yuklash bilan qazib olishda qisqa zaxodkalar keng qo‘llanildai.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling