Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti magistratura bo
Sanoat korxonalarida ishlatilgan sulfat kislotasi va ularni
Download 48.41 Kb.
|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit
Sanoat korxonalarida ishlatilgan sulfat kislotasi va ularni
fizik-kimyoviy xossalari Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak. Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina qoʻlqop, fartuk, etik) dan foydalanish zarur. Sulfat kislotaning aktivligi va nisbatan arzonligi uning qo'llanish sohalari juda kengayishiga olib keldi. Sulfat kislota yoki uning hosilalari qo'llanilmaydigan biror-bir sohani topish qiyin. Anorganik moddalar ichida eng ko'p ishlab chiqariladigan modda sulfat kislotadir. Sulfat kislota ko'p miqdorda o'g'it sanoatida: ammoniy sulfat, superfosfat va boshqalami ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana yirik ishlatiladigan sohalari: neft mahsulotlarini tozalash, toshko'mir smolasini qayta ishlash, ko'p kislotalar (masalan, ortofosfat, sirka, ftorid va boshqalar) va tuzlar olish, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish, po'latdan yasalgan buyumlarni bo'yash, nikellash, xromlashdan oldin ishlov berish, lak va bo'yoqlar olish dori-darmonlar olish va boshqalardir. Sulfat kislota turli organik sintezlarda ishlatiladi. Undan etanol va boshqa spirtlar, ba'zi efirlar, sintetik yuvish vositalari, pestisidlar, bo'yoqlar, saxarin, plastmassalar olinadi. Uning tuzlari sun'iy ipak ishlab chiqarishda, to'qimachilik sanoatida, tola yoki gazlamalarni bo'yashdan oldin ishlov berishda ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida kraxmal, patoka va boshqa mahsulotlarni olishda ham ishlatiladi. Sulfat kislota anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar va xlor ishlab chiqaradigan asosiy kimyo sanoatining muhim mahsuloti hisoblanadi. Turli-tuman maqsadlarda ishlatilishi jihatidan sulfat kislota kislotalar orasida birinchi o'rinda turadi. Uning eng ko‘p miqdori fosforli va azotli o‘g‘itlar olishga sarflanadi. Uchuvchan bo`lmaganligi sababli sulfat kislotadan boshqa kislotalar — xlorid, ftorid, fosfat, sirka kislota va h.k olish uchun foydalaniladi. Uning anchagina miqdori neft mahsulotlarini — benzin, kerosin va surkov moylarini zararli qo'shimchalardan tozalashga sarflanadi. Mashinasozlikda sulfat kislota bilan metallarning sirtini qoplash (nikellash, xromlash va b.) oldidan oksidlardan tozalanadi. Sulfat kislota portlovchi moddalar, sun’iy tola, bo'yoqlar, plastmassalar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U akkumulyatorlarga quyish uchun ham ishlatiladi. Sulfat kislota ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida ishlatiladi, deyish mumkin, «Texnikada sulfat kislota kabi ko‘p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin»,— deb yozgan edi D.I.Mendeleyev «Основы химии» kitobida. — Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan bo`lsa, o‘sha yerda ko‘p sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini shundan ham bilsa bo`ladi Download 48.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling