Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti energo mexanika fakulteti


Download 0.7 Mb.
bet14/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1331056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
таж мат Word

Namunaning markasi

Namunani sindirish uchun bajarilgan ish,
AH

Namunaning o‘lchamlari

Zarbiy qovishoqlik, an

Izoh

a

b

F

1

2

3

4

5

6

7

8

1.






















2.






















3.





















Nazorat savollari.

1. Zarbiy qovushoqlik deb nimaga aytiladi?
2. Zarbiy qovushoqlik qanday aniqlanadi?
3. Mayatnikli nayza qanday qismlardan tuzilgan?
4. Namuna nayzaga qanday o‘rnatiladi?
5. Shablon qanday vazifani bajaradi?

7-TAJRIBA ISHI


Konstruksion materiallarning qattiqligini aniqlash
Ishning maqsadi: qattiqlik o‘lchagichlar ishini o‘rganish. Yumshoq, o‘rtacha qattiqlikdagi va qattiq materiallarning qattiqlik qiymatlarini turli tizimdagi qattiqlik o‘lchagichlar yordamida aniqlash. Sinovlar o‘tkazish malakalarini egallash.


Topshiriq

  1. TSH (Sharikli tipdagi qattiqlik o‘lchov asbobi) tipidagi qattiqlik o‘lchagich ishini o‘rganish.

  2. TSH (Sharikli tipdagi qattiqlik o‘lchov asbobi) tipidagi qattiqlik o‘lchagichlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.

  3. Uglerodli konstruktsion va asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlangan ikkita namunaning qattiqligini o‘lchash va hosil bo‘lgan natijalarni taqqoslash.

  4. Qattiqlikni hosil bo‘lgan qiymtlariga ko‘ra HB va HRC o‘rtasidagi mavjud munosabatlardan foydalanib mustahkamlik chegarasi qiymatlarini aniqlash.

Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan


uskunu materiallar va asboblar:

  1. TSH tipidagi qattiqlik o‘lchagich.

  2. Tanlangan diametrdagi toplangan po‘lat sharcha.

  3. Shkalasi darajalangan lupa.

  4. Stol qisqichi (teski)

  5. Dastakli egov.

  6. Uglerodli konstruktsion va asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlangan namunalar.

Nazariy ma’lumotlar
Metallning sirtiga shu metalldan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati shu metallning qattiqligi deb ataladi.
Metallarning qattiqligini bilish shu metallni kesib ishlovchilarga ayniqsa zarur, chunki metallni kesib ishlash rejimlari, asosan, uning qattiqligiga qarab belgilanadi. Texnikada metallarning qattiqligini aniqlashning bir necha usuli bor, lekin bu usullar ichida Brinel va Rokvell usullari keng tarqalgan.
Brinel usuli. Bu usul toblanmagan metallarning qattiqligini aniqlashdagina qo‘llaniladi. Qattiqligi aniqlashi kerak bo‘lgan metallning xiliga va uning qalinligiga qarab, diametri 2,5, 5 va 10 mm li toblangan po‘lat sharcha sinaluvchi namunaga 187,5, 750 va 3000 kg kuch bilan ma`lum vaqt ichida asta-sekin botiriladi, natijada sinalayotgan metall yuzasida po‘lat sharchaning izi qoladi, bu izning diametriga qarab metallning qattiqligi aniqlanadi.



2.1.-shakl. Brinel usuli bo‘yicha qattiqlikni aniqlash sxemasi.


Agar sharchaning sinaluvchi metal sirtiga tushirilgan izi yuzini F harfi bilan belgilasak, metallning Brinel bo‘yicha qattiqligini quyidagi formula bilan ifodalashimiz mumkin:



Bu yerda HB-metallning Brinek bo‘yicha qattiqligini ko‘rsatuvchi (bu «ash» «be» deb o‘qiladi), kG/mm2;P- sharchani metallga botirish nagruzkasi, kG; F-sharcha metal sirtiga botirilgandagi izining yuzi, mm2.
Agar sharchaning metalldagi izi yuzini sharcha diametri (D) va iz chuqurligi (h) orqali ifodalasak, unda izning yuzi quyidagicha bo‘ladi:
F=πDh
Izning chuqurligini o‘lchash qiyin bo‘lganligi sababli, F quyidagi formuladan topiladi:

Binobarin, metallning Brinel bo‘yicha qattiqligi quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi:



Bu yerda:
P – sharchani metallga botirish nagruzkasi, kG
D – sharcha diametri, mm
d – sharchaning metallda qoldirgan izi diametri, mm

Izning diametri bo‘linish bahosi 0,1 mm bo‘lgan shkalaga ega maxsus lupa yordamida o‘lchanadi.





Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling