Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti energo mexanika fakulteti


Download 0.7 Mb.
bet2/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1331056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
таж мат Word

1-TAJRIBA ISHI
Yumshatilgan po'latlarning uglerod miqdori o`zgarishi bo'yicha qattiqligini aniqlash
Nazariy qism.
Sanoatda ishlatiladigan materiallar har-xil mexanik xossalarga ega. Eng ko'p ishlatiladigan va aniqlash oson bo'lgan mexanik xossa bu qattiqlikdir.
Qattiqlik bu sinalayotgan materialning unga boshqa qattiqroq jism botishiga qarshiligidir. Po'latning qattiqligi ularning tarkibiga va struktura holatiga ya'ni ichki tuzilishiga bog'liq. Qattiqlikni aniqlashning bir nechta usullari mavjud, lekin biz ushbu ishda ularning ikki usuli bilan tanishamiz:

        1. Brinell usuli (HB);

        2. Rukvel usuli (HRC);

1.Qattiqlikni Brinell usuli bo'yicha aniqlash. Bu usul shunga asoslanadiki, metalning tekis yuzasiga, nagruzka ta'siri ostida sharcha botiriladi. Sharchani diametrini va nagruzka kattaligini material qalinligini va uning qattiqligiga qarab tanlanadi.
Sinash qo'yidagicha olib boriladi: Qattiqligi o'lchanadigan na'muna yuzasini jilvirlash qog'ozi va egov bilan tozalanadi. Na'muna pribor stanogiga quyilib, Brinell priborining shpendeliga joylashtirilgan sharcha bilan tegishgancha ko'tariladi. (dastlabki nagruzka).
Keyin og'irlik tushib sinalayotgan metall na'munaga sharchani botiradi. Na'munaning yuzasida sharchaning izi qoladi (rasm 1.1). Iz qanchalik katta bo'lsa, material shunchalik yumshoqdir. Qattiqlikni son qiymati quyidagicha aniqlanadi: iz diametri lupa yordamida o'lchanib, uning qiymatidan jadvalda to'g'ri keladigan qattiqlik soni topiladi. Bu usulning afzallik tomonlari shuki, u juda oddiy va o'lchash aniqligi yuqoridir. Bu usul bilan qattiqligi HB = 450 bo'lgan materiallar qattiqligini o'lchash tavsiya etilmaydi. Masalan: toblangan po'latlami, chunki o'lchash vaqtida sharcha deformatsiyalanishi mumkin va material qattiqligi son qiymatini aniqlab bo'lmaydi.
2. Qattiqlikni Rokvell bo'yicha o'lchash. Rokvell usulida olmos konus yoki po'lat sharchaga kuch ta'sirida botish chuqurligiga qarab qattiqlik aniqlanadi.
Qattiqlikni olmos konus bilan o'lchashda nagruzka 150 kg yoki 60 kg bo'lishi mumkin. Bunda qattiqlik qiymati, pribor indikatorining qora shkalasida ko'rsatiladi. Qattiqlik HRC va HRA belgilanadi.HRA qiymatini HRC ga quyidagi formula orqali o'tkazilishi mumkin.
HRC = 2 HRA-104
HRC va HRA shkalalarida qattiqligi yuqori bo'lgan materiallar o'lchanadi. Qattiqligi yuqori bo'lmagan materiallar uchun po'lat sharchasidan foydalaniladi ( bunda nagruzka 100 kg ni tashkil etadi).
Bu holda qattiqlik tsiferblataning qizil В shkalasi soni bilan xarakterlanadi va HRB bilan belgilanadi.
Rokvell priborining ishlash printsipi 1.2 rasmda ko'rsatilgan.




1.1 rasm , Brinell priborining sxemasi. 1.2 rasm Rokvell priborining sxemasi
Tekshiriladigan na'muna stol 7 ga qo'yiladi. Stol strelkasi bo'yicha maxovik 8 ni aylantirib, stol 7 ni va 6 na'munani 5 olmos konusli g'ilofga tegkancha ko'taramiz. Indikatorning kichik strelkasini qizil nuqtagacha va katta strelkasini vertikal holgacha etmaguncha 8 maxovikni aylantiramiz.
1 Ishni baiarish maqsadi.
1 Qattiqlikni Brinell va Rokvell usullari bilan aniqlash metodikasi o'rganish.
2. Pulatni qattiqligini uning tarkibidagi uglerod bilan bog'liqligini o'rganish.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling