Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi:
yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma ko’mir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar);
v) konchilik kimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);
g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);
d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari).
Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
KURS ISHI – 2023 yil
5311600 – Konchilik ishi
|
bet
|
|
I.Qum-Grafit konlarini qazib olish haqida umumiy malumot.
Grafit (yunoncha grapho — yozaman) — mineral, yer poʻstlog'ida uchraydigan sof
uglerodning bir koʻrinishi. Kimyoviy formulasi — S. Geksagonal singoniyali. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang ,
metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. Zichligi 2,2 g/sm³. Keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektr tokini yaxshi oʻtkazadi,
kimyoviy barqaror. Sunʼiy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, kam hollarda magmatik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov,
Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hosil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AQShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtov). Grafitdan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi. Yadro
texnikasida - raketa dvigatellari soplosi (ogʻzi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli boʻyoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi. Radiatsiyani tezlashtirishi yoki susaytirishi ham mumkin chunki o‘tkazuvchanlik koyeffitsiеnti juda yuqori.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |