Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar xamda foydalaniladigan jihozlar
1. Elektromagnit nurlanishlarning to’lqin shkalasi.
2. Optik va radioteleskoplar(maktab optik teleskoplari, yirik teleskoplar - fotorasmlarda)
3. Тeleskoplarda nurning yo’li (sxema)
4. Spektroskop va spektrograflarning ishlash prino’ipini o’zida aks qilgan sxemalar.
5. Ulug’bek rasadxonasi qoldiqlari (fotografiya)
6. O’zbekiston Respublikasi FA Astronomiya instituti va filiallarining teleskoplari va spektral qurilmalari (fotografiyalar)
7. Kodoskop.
Тavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. M.M.Mamadazimov Astronomiya,Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun darslik, Т.: «O’qituvchi » 2003 yil 91-97 betlar.
2. Mursalimova G., Raximov A. Umumiy astronomiya kursi. Т.: O’qituvchi, 1976 78-85betlar.
3. Nuritdinov S. N. Somon yuli .Т.: Fan 1989 100-108 betlar.
O’quvchilar erishishi kerak bo’lgan bilim va malakalar
O’quvchilar quyidagilarni bilishi zarur:
O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan malakalar:
– teleskopni parallaktik qurilma bo’yicha(o’zaro prependikulyar o’qlaridan birini Olam o’qi bo’ylab yo’lantirilgan holda) o’rnatish;
– teleskopni o’rganuvchi obhektga yo’naltirish;
– maktab teleskopi va dala durbinining kattalashtirishini hisoblash.
6-Bo’lim. Quyosh sistemasi jismlarining fizik tabiati (8 soat)
O’quv axborot mazmuni. Quyosh-eng yaqin yulduz. Quyosh atmosferasining tarkibi. Fotosfera va undagi obektlar (donadorlik, mashallar va dog’lar). Хromosferada kuzatiladigan obektlar (protuberaneslar va xromosfera chaqnashlari). Quyoshning radionurlanishi. Quyosh aktivligi haqida tushuncha. Yer tipidagi planetalarning fizik tabiatlari. Gigant planetalar. Oy va planetalarning yo’ldoshlari.
Kosmik apparatlar tomonidan olingan planetalarning relefi, atmosferasi va magnitosferasiga tegishli ma’lumotlar. Mayda planetalar (asteroidlar). Quyosh sistemasining mayda jismlari: kometalar. meteorlar, bolidlar va meteoritlar. Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari. Quyosh sistemasi jismlarga tegishli muhim xususiyatlardagi fizik umumiylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |