Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


O’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim


Download 175.5 Kb.
bet3/11
Sana07.03.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1243649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Astronomiya fanidan Ishchi o\'quv dasturi

O’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- osmondan qutb yulduzini (temir qoziq) topish va uning balandligiga ko’ra joyning geografik kenglamasini aniqlash;


- Katta Ayiq, Kichik Ayiq, Kassiopeya va bu joydan yaxshi ko’rinadigan yana 3-4 yulduz turkumini osmondan topa olish;
- yulduzlar xaritasidan foydalangan holda:
1) Yulduzlarning ekvatorial koordinatalarini aniqlay olishi;
2) Yilning ixtiyoriy kuni uchun Quyoshning o’rnini xaritadan aniqlash;
3) Berilgan koordinatalarga ko’ra harakatdagi osmon obhektining (Oy, planetalar va boshqalar) o’rnini belgilay olishi;
-yulduzlar surilma xaritasini berilgan kun va soat uchun qo’yib, yoritgichlarning ko’rinish shartlarini aniqlash;
-yoritgichlarning kulminatsiya holatlaridagi balandliklarini ularning og’ishlari () va joyning kenglamasiga () ko’ra hisoblash masalalarni yecha olish.
-osmon jismining ko’rinma diametri va ungacha masofaga ko’ra, uning chiziqli o’lchamini (radiusini) hisoblash;
-Keplerning III qonuniga (jumladan, uning Nyuton tomonidan aniqlashtirilgan qonuni ko’rinishiga) oid masalalar yechish.
-osmon jismining berilgan massasi va radiusiga ko’ra birinchi va ikkinchi kosmik tezliklarini hisoblashga doir masalalar yechish;
-Sun’iy Yo’ldosh orbitasi elementlariga (peregeliy va apogeyining balandliklariga) ko’ra uning davrini hisoblashga (yoki aksincha) doir masalalar yechish.
-teleskopni parallaktik qurilma bo’yicha(o’zaro prependikulyar o’qlaridan birini Olam o’qi bo’ylab yo’lantirilgan holda) o’rnatish;
-teleskopni o’rganuvchi obhektga yo’naltirish;
-maktab teleskopi va dala durbinining kattalashtirishini hisoblash.
-Quyosh sistemasi haqidagi ma’lumotlar aks etgan jadvaldan foydalana olish;
-astronomik lug’at va taqvimlardan foydalan olish;
-yangi astronomik ma’lumotlar va kosmosni o’zlashtirish bo’yicha davriy matbuot materiallaridan foydalanib, qisqacha obzor yoki referat tayyorlay olish;
-Quyosh va planetalarning fizik tabiatlariga oid sodda masalalarni yecha olish.
- yulduzlarning ma’lum parallakslariga ko’ra masofalarni hisoblash;
-spektr-yorqinlik diagrammasidan foydalanib, yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash;
-yulduzlarning o’lchamlari, yorqinliklari (yoki absolyut yulduz kattaliklari) va temperaturalari orasidagi munosabatlardan foydalanib masalalar yechish.
-Хabbl qonuni asosida Galaktikalargacha masofalarni hisoblash;
- Quyosh sistemasining Galaktika markazidan uzoqligi va tezligiga ko’ra uning aylanish davrini (yoki aksincha davriga va uzoqligiga ko’ra tezligini) hisoblash.



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling