Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi
Download 175.5 Kb.
|
Astronomiya fanidan Ishchi o\'quv dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslar turi buyicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi) Jami Nazariy
- Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining xarakati- 6 soat
- Kosmonavtika asoslari – 6 soat
- Jami: 57 40 40
- 1- Bo’lim. Kirish
- 2- Bo’lim. Amaliy astronomiya asoslari
- Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar va foydalaniladigan jihozlar
- Т avsiya etiladigan adabiyotlar
- O’quvchilar erishishi kerak bo’lgan bilim va malakalar O’quvchilar quyidagilarni bilishi zarur
- O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan malakalar
- 3-Bo’lim. Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining harakati (6 soat) O’quv axborot mazmuni.
Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi
Dasturning mazmuni-40 soat1- Bo’lim. Kirish (2 soat) O’quv axborot mazmuni. Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari haqida. Astronomiyaning boshqa fanlar orasida tutgan o’rni, uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Olam tuzilishi haqida hozirgi zamon tushunchalarning shakllanishi haqida tarixiy ocherk. Al-Хorazmiy, Al-Farg’oniy, Beruniy, Umar Хayyom, Nasriddin Тusiy, qozizoda Rumiy, Jamshid Koshi, Ulug’bek va Ali qushchilarning astronomiyaning rivojiga qo’shgan xissalari. 2- Bo’lim. Amaliy astronomiya asoslari (6 soat) O’quv axborot mazmuni. Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko’rinma aylanishi. Yulduz turkumlari. Eng yorug’ yulduzlarning arabcha nomlari haqida Beruniy) Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko’rinma aylanishi. Ekliptika. Zodiak soha. Osmon koordinatalari. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari. Yulduz xaritalari. Yulduz kattaliklari haqida tushuncha. Olam qutbining gorizontdan balandligi va kuzatish joyining geografik kenglamasi orasidagi bog’lanish. Тurli kenglamalarda yoritgichlarning sutkalik ko’rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va kulminatsiya balandliklari. Ma’lum joyda Quyoshning sutkalik ko’rinma aylanishining yil davomida o’zgarib borishi. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Vaqt tenglamasi. Mahalliy, dunyo, poyas va dekret vaqtlari haqida tushuncha. Kalendarlar (Yulian Grigorian va Hijriy taqvimlar) haqida tushuncha. Umar Хayyom kalendari. Oyning harakati va fazalari. Quyosh va Oy tutilishlari. Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kenglamasini aniqlash. Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar va foydalaniladigan jihozlar 1. Osmon sferasining modeli. 2. Yulduzlar osmoni aks etgan yulduzlar xaritasi, atlasi. 3. Yulduzlarning surilma xaritasi. 4. Yulduzlar va Quyoshning turli kenglamalarda sutkalik ko’rinma aylanishi aks ettirilgan chizma - plakatlar. 5. Oyning harakati, fazalari va davrlari (modelda yoxud chizmada). 6. Quyosh va Oy tutilishlarining sxemalari. 7. Kodoskop. Тavsiya etiladigan adabiyotlar 1.M.Mamadazimov Astronomiya, Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun darslik, Тoshkent «O’qituvchi», 2003 yil, 3-12 betlar. 2.A. Yusurov,N.Тurdiyev Fizika 9-sinif O’qituvchilar uchun metodik kullanma 2-nashr Тoshkent «Ma’naviyat» 2003yil 3.M.Madazimov Maktabda astronomiya o’qitish.Т.:O’qituvchi.1990 yil. O’quvchilar erishishi kerak bo’lgan bilim va malakalar O’quvchilar quyidagilarni bilishi zarur: - yulduzlar osmonining aylanishi, yulduzlar fonida Quyosh va Oy harakatlanishlarining sabablari; - bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki osmonning yulduz turkumlarini va ularning eng yorug’ yulduzlarini (Vega, Al-Тoxir, Deneb, Aldebaran, Betelgeyze, Antares, Sirius, Polluks, Arktur va boshqalar). -Oy fazalarini almashinishi sabablarini, Quyosh va Oy tutilishlarining asosiy sabablari; - Quyoshning tush paytdagi balandligini yil fasllariga ko’ra o’zgarib borish sabablari; - astronomik kuzatishlar asosida, geografik kenglamani aniqlash prino’iplari. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan malakalar: - osmondan qutb yulduzini (temir qoziq) topish va uning balandligiga ko’ra joyning geografik kenglamasini aniqlash; - Katta Ayiq, Kichik Ayiq, Kassiopeya va bu joydan yaxshi ko’rinadigan yana 3-4 yulduz turkumini osmondan topa olish; - yulduzlar xaritasidan foydalangan holda: 1) Yulduzlarning ekvatorial koordinatalarini aniqlay olishi; 2) Yilning ixtiyoriy kuni uchun Quyoshning o’rnini xaritadan aniqlash; 3) Berilgan koordinatalarga ko’ra harakatdagi osmon obhektining (Oy, planetalar va boshqalar) o’rnini belgilay olishi; - yulduzlar surilma xaritasini berilgan kun va soat uchun qo’yib, yoritgichlarning ko’rinish shartlarini aniqlash; - yoritgichlarning kulminao’iya holatlaridagi balandliklarini ularnin og’ishlari () va joyning kenglamasiga () ko’ra hisoblash masalalarni yechaA olish. 3-Bo’lim. Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining harakati (6 soat) O’quv axborot mazmuni. Olam tuzilishi haqida geliotsentrik ta’limot. Quyosh sistemasining tarkibi va o’lchamlari. Planetalarning konfiguratsiyalari va ko’rish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Osmon jismlarining massalarini hisoblash. Sutkalik parallaks. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni hisoblash. Astronomiyada uzunlik o’lchovi birliklari. Yerning radiusini aniqlash usullari. Хorazmiy va Beruniylarning bu sohadagi ishlari. Quyosh sistemasi jismlarining o’lchamlarini hisoblash usullari. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling