Navoiy viloyat ftiziatriya
Markaz ishchi-xodimlariga ta’qiqlanadi
Download 47.86 Kb.
|
34-sonli buyruq asosidagi odob-ahloq qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi.
4. Markaz ishchi-xodimlariga ta’qiqlanadi:
- ish jarayoni yakunlangunga qadar markaz hududidan vrachlar, bo‘lim boshliqlari ruxsatisiz tashqariga chiqish; - vrachlarga, hamkasblariga, bemorlarga va bemorlarning qarindoshlariga nisbatan hurmatsizlik qilish; - Ish vaqtida asossiz va ishga aloqasiz gaplarni gapirib boshqalarni chalg‘itish, vrach hamda boshqa hamkasblarining xatti-xarakatlarini muhokama qilish; - yolg‘on gapirish, vrachlarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish; - buyurilgan ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng bu haqda vrachni xabardor qilmasdan bekor o‘tirish; - buyurilgan ishni vaqtida bajarmaslik yoki ishga kechikib kelish; - moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z-ko‘z qilish kabilar qat’iyan man etiladi. 5. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi. 5.1. Yil davomida «Odob-axloq qoidalari»ga to‘liq rioya qilgan, markazda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, ma’muriyat tavsiyasiga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi. Ya’ni, - vrachlar, hamshiralar, kichik tibbiyot xodimlari, ma’muriy va xo‘jalik bo‘limi ishchi-xodimlariga markaz buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish; - «Faxriy yorliq» bilan taqdirlash; - qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlash; - yosh ishchi-xodimlarning ota-onasini ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma xati yuborish. 5.2. Jamoa a’zolari ushbu «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. - vrachlar, hamshiralar, kichik tibbiyot xodimlari, ma’muriy va xo‘jalik bo‘limi ishchi-xodimlariga markaz buyrug‘i bilan «Hayfsan» e’lon qilish; - boshqa ishga o‘tkazish; - markaz jamoasi orasida muhokama qilish; - yosh ishchi-xodimlarning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga e’tiroz xati yuborish. - ish haqining ma’lum foizini jarima tariqasida ushlab qolish. Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari markazdagi YoI, xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va markaz kengashlarida muhokama qilinishi hamda ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori to‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin. Download 47.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling