Navoiy viloyat ftiziatriya
Bo‘lim boshliqlari, vrachlar, mansabdor shaxslarning huquq, burch va majburiyatlari
Download 47.86 Kb.
|
34-sonli buyruq asosidagi odob-ahloq qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Yakuniy qoidalar.
6. Bo‘lim boshliqlari, vrachlar, mansabdor shaxslarning huquq, burch va majburiyatlari
6.1. O‘zbekiston Respublikasining «Sog‘liqni saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni, markaz «Nizomi», markaz ma’muriyati va jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan, hamda amaldagi tegishli me’yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish. 6.2. «Hamshiralik jarayoni», markaz umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etish, markaz ma’muriyati bilan yaqindan hamkorlik qilish. 6.3. Qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarning tasdiqlangan ish rejasi asosida ish yuritishini nazorat qilish. 6.4. Qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarning davomatini muntazam nazorat qilib borish, ularning ish jarayonida to‘liq mashg‘ulligi choralarini ko‘rish, ish samaradorligini, uning o‘zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. 6.5. Ishchi-xodimlarning markaz «Nizomi»da belgilangan maxsus kiyimda bo‘lishini ta’minlash. 6.6. Ishchi-xodimlarning markazda mobil telefoni, internetdan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga jamoat joyi va markazda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 6.7. Ishchi-xodimlar sog‘lig‘ini nazorat qilish borasida belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini nazorat qilish. 6.8. Ish jarayonida xodim tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida yakka va guruh tartibida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish, mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitni yaratib berish va nazorat qilish. 6.9. Markaz va viloyat miqyosida uyushtiriladigan turli sport va kasbiy olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash va bu borada yaqindan yordam berish. 6.10. Ish jarayonida ishlatiladigan tibbiy jihoz va anjomlarning xodim tomonidan avaylab-asralishini nazorat qilish. 6.11. Markazda o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlarda, ommaviy tadbirlarda va hasharlarda qo‘l ostidagi barcha ishchi-xodimlarning to‘liq qatnashishini tashkillashtirish. 6.12. Qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarning turli salbiy oqimlar ta’siridan himoya qilish, jinoyatchilik va qonunbuzarlikdan asrash va sog‘lom turmush tarzini shaxsiy namuna orqali singdirish. Jumladan: - oyda 1 ta badiiy kitob o‘qishni tavsiya hamda nazorat qilish; - bitta sport turi bilan shug‘ullanishi kerakligini uqtirish va bunga erishish; - oyda bir marta madaniyat maskanlari (kinoteatr, muzey, tarixiy obidalar, madaniyat saroylari, konsertlar, tomoshalar)ga tashrif buyurishni maslahat berish. 6.13. Xodimlar namunali xulqi va ish jarayonida erishgan yutuqlari uchun rag‘batlantirish, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun tarbiyaviy choralar ko‘rish. 7. Yakuniy qoidalar. 7.1. Ushbu odob-axloq qoidalari har yilning boshida har bir ishchi-xodim, bo‘lim boshliqlari, vrachlarga imzo qo‘ydirilgan holda yetkaziladi. 7.2. Odob-axloq qoidalarining hamshira va kichik tibbiyot xodimlariga tegishli qismi markaz bo‘limlari foyesiga barchaga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi. 7.3. Odob-axloq qoidalarining talablari markaz jamoasi o‘rtasida keng targ‘ib qilinadi va o‘rganilishi tashkil etiladi. 7.4. Odob-axloq qoidalarining talablarini har bir vrach, hamshira, kichik tibbiy xodim, ma’muriy va xo‘jalik ishchi-xodimlari to‘liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart. Download 47.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling